Zokir Aliyevga tayinlangan jarima miqdoriga izoh

Matn4-iyul, 2018, 18:531 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzАҚШ фуқароси Зокир Алиевга нисбатан суд ҳукми эълон қилинди Жиноят ишлари бўйича Қашқадарё вилоят судида судланувчи Зокир Алиевга нисбатан жиноят ишини кўриб ч…

Zokir Aliyevga tayinlangan 600 baravar jarima jazosi jami 1 mln. 50 ming söm bölgan. Köpçilik hayron bölişi mumkin, qanaqa qilib, 600 baravar EKIH atigi 1 mln bölişi mumkin, deb. Bunga Kun.uz aniqlik kiritdi.

Amaldagi qonunçilikka binoan, jarima tariqasidagi jazo tayinlanganda jarima miqdori jinoyat sodir etilgan vaqtdagi eng kam oylik iş haqi miqdoridan kelib çiqib hisoblanadi. Bu haqida Özbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi «Sudlar tomonidan jinoyat uçun jazo tayinlaş amaliyoti töğrisida»gi 1-son qarori 16-bandida ham alohida qayd etilgan.

Zokir Aliyev jinoyat sodir etgan vaqtda esa eng kam iş haqi 1750 söm miqdorida bölgan. Şunga köra, 600 baravar miqdorida belgilangan jarima jazosi 1 mln 50 ming söm miqdoriga töğri keladi.

Ana, şunaqa. Özbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qiliş bilan boğliq jinoat uçun 1 mln. söm (126 dollar) jarima tölattirib, qöyib yuborişadi, degan gapni bundan bir neça yil oldin kimdir aytsa, annniq "tomi ketibdi" degan bölardik. "Teper ti videl vse" ruknidan böldi bu ham.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek