Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Xaridor çekni olmasa tadbirkor jarima tölaydimi

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn2 daqiqa0tahrirlangan

Xaridor çekni olmasa, tadbirkor jarima tölaydimi?

Sönggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda tadbirkorlar tomonidan bir turdagi şikoyatlar köpaydi, yaʼni ular çekni beradi, ammo xaridor qasddan, ataylab çekni olişdan boş tortadi va köçaga çiqib, "menga çek bermadi", deb soliqqa xabar qiladi. Boşqaça aytganda tuhmatçilar köpaygani, bunaqa yolğon xabarlar ortidan tadbirkorlar jarima tölayotgani aytilmoqda.

❓Xöş, aslida vaziyat qanday?

Soliq qömitasi qanday hollarda tadbirkor jarimaga tortilişini tuşuntiruvçi rolik tayyorlagan. Videodan körinib turibdiki, agar tadbirkor haqiqatda çek bersa, xaridor öşa çekni olgan yoki olişdan boş tortganidan qatʼi nazar, JARIMAGA TORTILMAYDI. Çunki çiqarilgan çek bazada saqlanib qoladi va istalgan payti buni isbotlaş mumkin. Pastdagi videoni körsangiz, jarayon yanada tuşunarli böladi. Bitta tadbirkorni jarima tortiş uçun 3 bosqiçli qayta-qayta tekşiruv ötkaziladi, heç kim özidan-özi bitta yolğon qönğiroqqa işonib, tadbirkorni jarimaga tortmaydi, deyiladi DSQ xabarida.

❗️Unutmang: jarima çek çiqarilmagani uçun qöllaniladi, xaridor çekni olmagani uçun emas. Bu oddiy mantiq.

Bundan taşqari bugungi kunda deyarli har bir savdo va xizmat körsatiş nuqtalarida video-kameralar örnatilgan, şu sababli tadbirkor özining haqligini juda oson isbotlab bera oladi.

Demak, xulosa şundaki, tadbirkorlar rostdan qonunlarga böysunib, çek berib, soliqlardan qoçmasdan halol işlayotgan bölsa, bunaqa yolğonçilardan sira qörqmasa ham böladi. Mabodo 1-2 ta holatlarda nohaq ayblangan bölsa, unda bemalol tegişli sud tartibida buni bekor qiliş mumkin.

✅ TAKLIF: agar ayrim vijdonsiz xaridorlar çekni ataylab olmasdan, yolğon xabar berayotgan bölsa, unda videoyozuvlar buni isbotlagan taqdirda, öşa xaridorlarni tuhmat qiliş moddasi bilan maʼmuriy javobgarlikka tortiş kerak. Toki bu boşqalarga ham dars bölsin. Kaltak faqat tadbirkor boşida emas, yolğonçi xaridor boşida ham siniş kerak. Öyin qoidalari ikki tomonga teng bölsin.

Ammo şu örinda yana boşqa gap. Yurtimizda bunaqa yolğon xabar beruvçi vijdonsiz xaridorlar soni çek bermasdan, noqonuniy savdo qiladigan tadbirkorlar sonidan yuz barobar, balki ming barobarga kam. Balki yuz ming barobargadir, kim bilsin. Yaʼni çek bermaslik va soliqdan qoçiş muammosi aslida juda katta. Lekin bu pul uçun yolğon xabar beriş, kimgadir tuhmat qilişni oqlamaydi.

‼️Yana bir gap: tadbirkorlarning murojaatlarida onlayn nazorat kassa maşinalarining yaxşi işlamasligi, tez-tez texnik nosozlik yuzaga kelişi, şu sababli ham köpinça özlariga boğliq bölmagan holatda xaridorga çek bera olişmayotgani, bundan taşqari uşbu onlayn-NKM narxi asl tannarxidan ança qimmatga sotilişi, kassa maşinalari uçun monopoliya örnatilgani, tadbirkorlar faqat bitta joydan sotib olişga majburligi haqida ham murojaatlar köp. Vaziyat tölaqonli xolisona örganilişi uçun Soliq qömitasi masalaning şu tomoniga ham izoh berişi maqsadga muvofiq bölardi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 736
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek