Tadbirkorlarga tuşuntiriş emas, amaliy harakat kerak
Manba:davletovuz
Tadbirkorlarga tuşuntiriş emas, amaliy harakat kerak
Yangi yil boşlanişi bilan soliq stavkalari va soliq maʼmurçiligidagi yangiliklar böyiça bildirilayotgan ommaviy eʼtirozlar yuzasidan bugun Davlat soliq qömitasi rahbariyati ommaviy axborot vositalari uçun matbuot anjumani ötkazişi kutilayapti. Işonçimiz komilki, ular har bir eʼtiroz böyiça argument keltiradi, özlarining haqligini isbotlaşadi, ayrim “noinsof” soliq tölovçilarning qinğirliklari haqida misollar keltiradi.
Şu voqealar boşlangaç, buxgalterlar, tadbirkorlar bilan yuzaga kelgan vaziyat böyiça suhbatlaşib, tuşundikki, soliqçilardan tuşuntiriş söralmayapti, harakat söralyapti, ming töğri bölgani, ming qonuniy bölgani (bungayam savollar bor) bilan ham juda köpçilikka töğridan-töğri daxl qilgani eʼtirozlarning baland ovozlarda yangraşiga sabab bölayapti. Bunda kim haq yoki kim nohaqligi muhim emas, avvalo, kompromisga borilişi — aniqroği, tadbirkorlar taraf ijobiy qadam taşlanişi lozim.
Ikkinçidan, yaşirin iqtisodiyotga qarşi kuraşiş, soliq bazasini kengaytiriş yölida, aftidan, qilinayotgan saʼy-harakatlar oxir-oqibat uzoq muddatli istiqbolda yaşirin iqtisodiyotning yanada kengayişiga, soliq bazasining kamayişiga olib kelmaydimi? Tadbirkorlar yana “qora” sxemalar orqali işlaşga ötib ketmaydimi? Bu ham prognoz qilinganmi? Yoki öz xatti-harakatini haspöslaş uçun öziga maʼqul va maqbul prognozlarni işlatişayaptimi?
Uçinçidan, soliq maʼmurçiligi böyiça joriy qilinayotgan yangiliklar tadbirkorlik faoliyatining xarajatlarini oşirmaydimi? (Misol uçun, buxgalterlar xizmati narxi karrasiga oşadi) Pirovardida oddiy odamlar, xalqimiz, endi-endi yelkasiga şamol tegayotgan qora-közlarimiz buning badalini tölamaydimi?
Törtinçidan, hamma aytib kelayapti, Özbekiston biznes muhitiga taʼsir qilayotgan salbiy omillardan biri sifatida qonunçilik va uni qöllaş amaliyotining beqarorligi hisoblanadi. Har yili yangilayotgan qonunçilik, yangilanganda ham — idoraviy manfaatlar yölida yangilanayotgan özboşimçaliklarga qaçon barham beriladi? Nega, masalan, Soliq va boşqa tadbirkorlik faoliyati bilan boğliq hujjatlarga tadbirkorlar uçun har qanday yuklamani oşirişga (stavkadan tortib, e-bir-balolar) qaratilgan özgartiş va qöşimçalar kiritişga 5 yilga, 10 yilga moratoriy joriy qilsa bölmaydimi? Tadbirkor foydasiga bölsa, mayli, kiritişsin. Keyin şu gapimizda doim sobit qolamiz: soliqqa oid qonun loyihalari parlamentda yozilişi kerak, undan manfaatdor taşkilotlarda emas.
Beşinçidan, tadbirkorlarni qiynaş böyiça qisqagina tariximizda yöl qöygan xatolarimizni yana va yana takrorlaşdan tiyilişimiz kerak. Tadbirkorni gap-sözlar bilan aldamasdan, unga yordam beriş kerak. Nazarimizda, bu yordam siyosiy bölişi kerak. Tadbirkor uçun, xalq uçun kimningdir haqligi muhim emas, tadbirkorlar hozirgi şartli komfort holatidan noqulay, yoqimsiz muhitga ötayotganini hukumat teran his qilişi kerak. Tadbirkorlar hali bizga köp kerak böladi.
IMHO.
- 👍 990


