Raqamli markirovkalaş qoidalarini buzganlik uçun jazo
Özbekistonda raqamli markirovkalaş qoidalarini buzganlik uçun jazo çoralari kuçga kirdi
Joriy yilning 13-iyunidan boşlab Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeks va Soliq kodeksiga kiritilgan özgartiş va qöşimçalar kuçga kirdi.
Kiritilgan normalar yuridik şaxslar (va ularning mansabdor şaxslari) hamda yakka tartibdagi tadbirkorlardan jarima va moliyaviy sanksiyalar undirişni nazarda tutadi.
Xususan, endilikda MJtKning 166-moddasiga köra işlab çiqaruvçilar, import qiluvçilar va sotuvçilar tomonidan tovarlarni (mahsulotlarni) identifikatsiya qiliş yöli bilan majburiy raqamli markirovkalaş qoidalarini buziş, –
sotuv amalga oşirilgan oxirgi hisobot çoragida olingan sof daromadga teng miqdorda jarima solişga sabab böladi.
Hisob-kitoblarda aytilişiça, noqonuniy savdoning oldini oliş orqali budjet tuşumlarini keskin oşiriş mumkin.
Maʼlumotlarga köra, 2022-yilda tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi ortidan har yili tölanmay qoladigan soliq va boşqa yiğimlar qariyb 540 mlrd sömdan oşiqni taşkil etadi. Bu örtaça 50 ming talabaning bir yillik kontrakt töloviga teng.
Özbekistonda sigaretalar va alkogolli mahsulotlar kontrabandasi va qalbakilaştirişga qarşi bir qator çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda. Buning ortidan birinçi navbatda yangi jarimalar joriy qilindi.
Javobgarlikning kuçaytirilişi bilan bir qatorda davlat tomonidan nazorat kuçayişi ham kutilmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 401

