YATTlar uçun soliq tölaş tartibiga özgartirişlar kiritildi
YATTlar uçun 2020-yilda soliq tölaş tartibini tanlaş imkoniyati yaratildi
Özbekiston Prezidenti tomonidan imzolangan «2020-yil uçun Özbekiston Respublikasining Davlat byudjeti töğrisida»gi qonunga asosan yakka tartibdagi tadbirkorlarni soliqqa tortişga doir ikkita muhim yangilik kiritildi. Bu haqda Davlat soliq qömitasi xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, 2020-yildan boşlab tovar aylanmasi 100 million sömgaça bölgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga (YTT) qatʼiy belgilangan soliqning örniga jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliğini tölaş tartibini tanlaş huquqi berildi.
Xususan, YTT olgan daromadlari böyiça soliq organiga deklaratsiya taqdim etiş yöli bilan jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliğini (12 % stavkada) yoki daromad soliğini qatʼiy belgilangan summada tölaşni tanlaşi mumkin.
Şuningdek, 2020-yildan boşlab YATTlar uçun daromad soliğining qatʼiy belgilangan summalari miqdori sezilarli darajada kamaymoqda.
Misol uçun, Toşkent şahrida oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlar çakana savdosi bilan şuğullanuvçi YATTlar uçun 2019-yilda qatʼiy belgilangan soliqning miqdori har oyda bir million sömni taşkil etgan bölsa, 2020-yilda bu summa 750 ming söm etib belgilandi.
Uşbu faoliyat turi uçun belgilangan miqdor Nukus şahri va viloyat markazlaridagi şaharlarda — 750 ming sömdan 600 ming sömga, boşqa şaharlarda — 400 ming sömdan 300 ming sömga hamda boşqa aholi punktlarida — 300 ming sömdan 200 ming sömga pasaytirildi.
Toşkentdagi dehqon bozorlarida qişloq xöjaligi mahsulotlarini çakana sotiş uçun 2019-yilda oyiga 400 ming söm, gazeta, jurnallar va kitob mahsulotlarini çakana sotiş uçun 500 ming söm, maişiy xizmatlar körsatiş uçun 350 ming söm belgilangan miqdor 2020-yilda 250 ming sömga, Nukus şahri va viloyat markazlaridagi şaharlarda bu miqdor 200 ming sömdan 150 ming sömga pasaytirildi.
Boşqa faoliyat turlari böyiça Toşkent şahrida oyiga 300 ming sömdan 225 ming sömga, Nukus şahri va viloyat markazlaridagi şaharlarda 200 ming sömdan 125 ming sömga pasaytirildi.
Avtomobil transportida 3 tonnagaça yuklarni taşiş faoliyati 200 ming sömdan 150 ming sömga va 3 tonnadan ortiq yuklarni taşiş 300 ming sömdan 225 ming sömga pasaytirildi.
👉 @xushnudbek 👈

