Xorazm Lazgi raqsi YUNESKO merosi röyxatiga kiritildi
«Lazgi» Insoniyat nomoddiy merosining reprezentativ röyxatiga kiritildi
Boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimovning Feysbukda xabar berişiça, «Xorazm Lazgi raqsi» Insoniyat nomoddiy merosining reprezentativ röyxatiga Özbekiston madaniy merosining ajralmas qismi sifatida kiritilibdi.
Bu haqdagi qaror Kolumbiyaning Bogota şahrida 12-dekabr kuni YUNESKOning Nomoddiy merosni asraş hukumatlararo qömitasi majlisida qabul qilingan.
Endilikda Özbekiston hukumati tomonidan uşbu röyxatga «Baxşiçilik» sanʼati va etnik sport turlarini kiritiş uçun harakat boşlanibdi.
Bugungi kunga qadar YUNESKOning Insoniyat nomoddiy merosi reprezentativ röyxatiga «Boysun madaniy muhiti», «Navröz bayrami», «Şaşmaqom», «Katta aşula», «Askiya ijroçiligi», «Palov va oş bilan boğliq anʼana va qadriyatlar» kabilar kiritilgan edi.
👉 @xushnudbek 👈


