Xiva va Surxondaryodagi tarixiy obidalarga zarar yetkazildi
Bugun 2ta dahşatli xabarlarni öqidim.
Biri - Xivadagi 1832-38 yillarda qurilgan Toş hovli saroyining devorlari özboşimçalik bilan buzib taşlanibdi. Bu vahşiylikni buyurtmaçi «Içan- Qalʼa» muzey-qöriqxonasi hamda pudratçi «Surgut neft stroy» xususiy korxonasi qilgan. Ular YUNESKO va Madaniy meros departamentining roziligini olmagan. Xuddi katta xolasining uyidagi molxonasini buzganday, buzib taşlaşgan.
Gaplarim uçun uzr, ammo yumşoqroq aytganda buning uçun odam qay darajada ahmoq va befarosat bölişi kerak, hayronman.
Ikkinçisi - Surxondaryodagi mil.avv. IV-II-asrlarga oid "Kampirtepa" qalʼasi devori qulab tuşgan. Garçi bu qulaş yomğir natijasida bölgani aytilsa-da, ammo akademik, tarixçi olim E.Rtveladze bu iş inson qöli bilan qilinganini taʼkidlamoqda. Madaniyat vazirligi bu böyiça Boş prokuraturaga murojaat qiladigan böldi.
Aleksandr Makedonskiy bosqini paytida buzilmagan devor, bizni davrimizda yer bilan yakson bölişi heç gapmas.
Ikkala holatda ham aybdorlar qonun oldida javob berişi şart.
👉 @xushnudbek 👈


