Xivada Deşon qalʼa devorining bir qismi qulab tuşdi
Xiva şahridagi xususiy xonadon içida «Deşon qalʼa» meʼmoriy arxitektura yodgorligi devorining bir qismi qulab tuşgan.
Madaniy meros agentligining xabar berişiça, tarixiy obidani saqlab qolişga fuqaro A.R. tösqinlik qilgan. U öz xonadoni şaxsiy mulki ekanligini aytib, mutaxassislarga konservatsiya va restavratsiya qilişga ruxsat bermagan, natijada madaniy meros obyektining bir qismi qulagan.
Agentlik fuqaroga nisbatan tegişli huquqni muhofaza qiluvçi organlarga taqdimnoma kiritgan.
Bu kabi holatlar boşqa hududlarda ham kuzatilayotgani sababli madaniy meros obyektlari atrofida joylaşgan şaxsiy mulklarni qonunçilikda belgilangan tartibda köçiriş böyiça qonunçilik taklifi işlab çiqilayotgan ekan.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 820


