O‘zbekiston UNESCO qo‘mitasi a’zoligiga saylandi

Albom7-iyul, 2022, 16:242 daqiqa0 koʻrish

Yaxşi xabar: Özbekiston Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qiliş böyiça hukumatlararo qömita aʼzoligiga saylandi

Parijdagi UNESCO Boş qarorgohida “Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qiliş töğrisida”gi konvensiyaga aʼzo bölgan davlatlar Boş assambleyasining IX sessiyasi bölib ötmoqda.

Boş vazir örinbosari - Turizm va madaniy meros vaziri, UNESCO işlari böyiça Milliy komissiya raisi Aziz Abduhakimov rahbarligidagi jamoa saʼy-harakatlari bilan Özbekiston 4 yilga (2022-2026) Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qiliş böyiça hukumatlararo qömita aʼzosi etib saylandi.

Qömitaga kiriş uçun 2 ta örin bor edi. Jami 5 ta davlat (Özbekiston, Bolgariya, Bosniya i Gersegovina, Slovakiya, Estoniya) kuraşdi. Özbekiston 180 ta aʼzo davlatning 105 ta ovozini töplab, barça nomzod davlatlarni ortda qoldirib ilk marotaba Qömita aʼzoligiga saylandi.

Bu xabarning yaxşiligi şundaki, yaqin-yaqingaça Özbekiston UNESCO'da eng muammoli davlat sifatida qaralar edi. Özbeklar desa nomoddiy merosga doimiy zarar yetkazuvçi, tarixiy obidalarni vayron qiluvçi varvarlar köz oldiga kelardi. Albatta bunday tasavvur öz-özidan bölmagan, tagida asosi ham bor edi. Birgina Şahrisabz şahrini zamonaviylaştiriş ostidagi quriliş işlari tufayli qançalar şarmanda bölganimiz hali yodimizdan çiqqani yöq.

Ammo hozirda ahvol sezilarli yaxşilandi. Buni UNESCO ham xalqaro miqyosda tan olmoqda. Eng asosiysi, xotirjamlikka berilmaslik kerak. Hali bu sohada kamçiliklar va qilinişi kerak bölgan işlar juda köp. Özbekistonning Qömita aʼzoligiga saylangani ana şu muammolarni hal qiliş uçun qöşimça kuç beradi, degan umiddamiz.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek