Qoraqalpoğistondagi tartibsizliklarning yangi videolari
Xushnudbek.uzVideo9 daqiqa0tahrirlanganQoraqalpoğistondagi ommaviy tartibsizliklarning yangi videolari eʼlon qilindi
Qoraqalpoğiston Respublikasi komendaturasi vakili Zafar Alimov öşa kungi voqealar haqida batafsil maʼlumot berdi, deya xabar qilmoqda ÖzA muxbiri.
Aytilişiça, 1-iyul kuni namoyişçilar 10 mingdan ortiq olomondan foydalanib, Jöqorği Kenges raisi Murat Kamalovning xizmat avtomaşinasining tom qismiga Dauletmurat Tajimuratovni çiqarib, unga tön kiydirib, uni Qoraqalpoğistonning yangi rahbari deb eʼlon qilmoqçi bölişgan. Bu holat dronlardan olingan videolarda ham aks etgan.
Voqealarning batafsil xronologiyasi bu yerda:
https://uza.uz/posts/388152
Şuningdek, yuqoridagi videolardan ham körinib turibdiki, namoyişçilar orasida maxsus tayyorlangan guruhlar ham bölib, ular tartibli va oldindan reja qilingan harakatlarni amalga oşirişgan. Maşina balonlari, tinç aholiga tegişli transport vositalari va şox-şabbalarni yoqib, yöllarda turli barrikadalar hosil qilişgan, Jöqorği Kenges binosi oldida olomon töplangan paytda özidan oq tutun çiqaruvçi granatalarni işlatişgan. Harbiylarga bir qança hujumlar uyuştirilgan va ularning qurol-yaroğlarini tortib olişga harakat qilingan.
Bu endi heç qanaqasiga tinç namoyiş emas, buni köproq Konstitutsiyaviy tuzumga qarşi, hokimiyatni ağdarişga qaratilgan ommaviy tartibsizliklar, deya baholaş mumkin.
👉 @xushnudbek 👈





