Şavkat Mirziyoyev voqealarni xolis tergov qilişga çaqirdi
Şavkat Mirziyoyev:
«Bölib ötgan voqealarni har tomonlama çuqur va xolisona tergov qiliş uçun Boş prokurorning birinçi örinbosari boşçiligida tergov va suriştiruv guruhi iş olib bormoqda.
Bu jarayonga xolis tomonlarni, yaʼni, jamoatçilik vakillari, deputatlar va faollarni ham jalb qiliş zarur.
Şuning uçun, Boş prokuror N.Yöldoşevga topşiriq – har bir holat çuqur va xolisona örganilsin va voqea iştirokçilarining xatti-harakatlariga adolatli huquqiy baho berilsin.
Şu örinda, kuç tuzilmalarining harakatlari ham çuqur tahlil qilinsin. Agar ular tomonidan notöğri kuç işlatilgan bölsa, amaldagi qonunçilikka asosan ularning ham jinoiy javobgarligi taʼminlansin».
👉 @xushnudbek 👈



