Prezidentga neça kun mehnat taʼtili beriladi

Matn5-yanvar, 2022, 09:211 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Prezidentga neça kun mehnat taʼtili beriladi?

Davlat rahbari mehnat taʼtiliga çiqqanda uning vazifalarini kim bajarib turadi? Keling, şu va şu kabi boşqa masalalar haqida gaplaşsak.

«Özbekiston Respublikasi Prezidenti faoliyatining asosiy kafolatlari töğrisida»gi Qonunning 4-moddasiga binoan, Prezidentga muddati 36 iş kunidan iborat yillik haq tölanadigan taʼtil beriladi.

Prezident mehnat taʼtiliga çiqqanda uning vazifalari kimningdir zimmasiga yuklanişi haqida qonunçilikda birorta qoidaga közim tuşmagan. Çunki Prezident xalq tomonidan saylangan oliy vakolatlarga ega şaxs hisoblanadi, uning vazifalarini vaqtinça xalq saylamagan şaxsga berilişi joiz emas. Bu haqda Özbekiston Konstitutsiyasining 93-moddasida ham aniq yozilgan: Prezident öz vakolatlarini bajarişni davlat idoralariga yoki mansabdor şaxslarga topşirişga haqli emas.

Faqat Konstitutsiyamizning 96-moddasida birgina qoida bor, amaldagi Prezident öz vazifalarini bajara olmaydigan holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtinça Oliy Majlis Senati Raisining zimmasiga yuklatiladi. Bunda asosiy şart – 3 oy içida navbatdan taşqari saylov ötkazilişi kerak. «Öz vazifalarini bajara olmaydigan holat»ga aynan nimalar kirişiga izoh berilmagan, lekin mehnat taʼtili bunga kirmasligi aniq.

Şavkat Mirziyoyev ilk bor 2019-yil 5-avgust kuni qisqa muddatli mehnat taʼtiliga çiqqan edi. 2021-yil 4-yanvar kuni ikkinçi 7 kunlik taʼtilga çiqdi. Bu uçinçisi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 2079
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek