Özbekistonda favqulodda holat eʼlon qiliş tartibi
Favqulodda holatni kim eʼlon qiladi?
OAVda Özbekistonda ham favqulodda holat eʼlon qilinişiga oid çaqiriqlar paydo bölmoqda.
Şu örinda savol tuğiladi, favqulodda holatni kim eʼlon qiladi? U özi nima degani?
Özbekistonda favqulodda holat Prezident Farmoni bilan eʼlon qilinadi va bu Farmon Oliy Majlis palatalarining birgalikdagi yiğilişida tasdiqlanişi kerak böladi.
Jumladan, Özbekiston Konstitutsiyasining 93-moddasi 19-bandiga binoan, Özbekiston Respublikasining Prezidenti favqulodda vaziyatlar (real taşqi xavf, ommaviy tartibsizliklar, yirik halokat, tabiiy ofat, epidemiyalar) yuz bergan taqdirda fuqarolarning xavfsizligini taʼminlaşni közlab, Özbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning ayrim joylarida favqulodda holat joriy etadi va qabul qilgan qarorini uç kun içida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tasdiğiga kiritadi.
Konstitutsiyaning 78-moddasiga binoan esa, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi va Senatining birgalikdagi vakolatlariga Prezidentning favqulodda holat joriy etiş, uning amal qilişini uzaytiriş yoki tugatiş töğrisidagi farmonlarini tasdiqlaş ham kiradi.
Konstitutsiyamizda favqulodda holat joriy etiş şartlari va tartibi qonun bilan belgilanadi, deya qayd etilgan bölsada, lekin mening bilişimça, bunday qonun mavjud emas, loyihasi işlab çiqilgandiyu, ammo hali qabul qilinmagan.
Şundan kelib çiqib, hozirgi vaziyatda favqulodda holat şartlari va tartibi Prezident Farmoni bilan belgilanadi.
Favqulodda holat özi nima?
Favqulodda holat — davlat hokimiyati va boşqaruv organlarining, korxonalarning, muassasalarning va taşkilotlarning alohida iş rejimi. Bunda fuqarolarning huquq va erkinliklari hamda yuridik şaxslarning huquqlariga maxsus qonun bilan belgilangan çeklaşlarga yöl qöyiladi, şuningdek, ularga qöşimça majburiyatlar yuklanişi mumkin.
Şuningdek, favqulodda vaziyat degan tuşunça ham. Bu favqulodda vaziyatdan biroz farq qiladi.
20.08.1999-yildagi «Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qiliş töğrisida»gi Qonunning 2-moddasiga binoan:
favqulodda vaziyat — odamlar qurbon bölişiga, ularning soğliği yoki atrof tabiiy muhitga zarar yetişiga, jiddiy moddiy talafotlar keltirib çiqarişga hamda odamlarning hayot faoliyati şaroiti izdan çiqişiga olib kelişi mumkin bölgan yoki olib kelgan avariya, halokat, xavfli tabiiy hodisa, tabiiy yoki boşqa ofat natijasida muayyan hududda yuzaga kelgan holat.
Xullas, Hukumat tomonidan qabul qilinayotgan qaror va çora-tadbirlar mohiyatan favqulodda holatga yaqin, ammo hali rasman bunday holat eʼlon qilingani yöq. Agar rasman eʼlon qilinsa, unda çoralar yanada qatʼiylaşadi, nazorat kuçaytiriladi.
Voqealar rivojini birgalikda kuzatamiz.
👉 @xushnudbek 👈

