XushnudbekUz kanali xayriya aksiyasini e’lon qildi

Matn28-mart, 2020, 14:192 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Katta çegirma bilan reklama joylaştiring va muhtojlarga yordam bering!

Hozir oğir davr. Karantin tufayli jamiyatda deyarli hayot töxtab qoldi. Buning ortidan esa juda köpçilik işini yöqotdi. Ayniqsa biror joyda rasmiy işlamasdan, kundalik yumuşlar bilan özini-özi band qilib, oila tebratayotgan minglab rözğorlar muqarrar iqtisodiy tang ahvolda qolişdi.

Rasmiy işlaydigan yana minglab xodimlar ham öz hisobidan taʼtilga çiqişga majbur bölişmoqda, çunki ular işlayotgan korxona ham öz faoliyatini töxtatib, xodimlariga maoş bera olmayapti.

Bunday hamyurtlarimizning oldida turgan asosiy savol: «karantin davomida rözğorimizni qanday boqamiz, qanday kun köramiz, nima yeb, nima içamiz?», degan öy-xayollardir.

Butun dunyo uçun sinovli bölgan şunday kunlarda imkoniyati borlar muhtojlarga yordam qölini çözişlari maqsadga muvofiq bölar edi. Va şunday qilişmoqda ham. Kunda-kunora xalqimizning sahovatpeşa vakillari tomonidan qilinayotgan ehsonlar haqida öqiyapmiz, köryapmiz.

Şu örinda XushnudbekUz (@xushnudbek) kanali jamoasi ham uşbu ezgu işlarga oz bölsada öz hissasini qöşişni niyat qildi.

Unga köra, 1 oy davomida kanalda reklamadan tuşgan barça mablağlar ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga oziq-ovqat olib berişga sarflanadi.

Bundan taşqari, biznes uçun murakkab davrni hisobga olgan holda kanalda reklama beriş narxlariga katta çegirma (50%) eʼlon qilinadi va 1 oy davomida barça turdagi reklamalar uçun yaxlit 2 mln söm qiymat belgilanadi.

Bitta reklamadan tuşadigan 2 mln söm mablağ töliqligiça xayriyaga yönaltiriladi (soliqlar va boşqa xarajatlar kanal maʼmuriyati tomonidan alohida qoplanadi).

❗️Hurmatli tadbirkorlar va biznes vakillari!

Şoşiling, ham öz mahsulotlaringizni qulay şartlarda reklama qilib, ham savobga şerik böliş imkoniyatini qöldan boy bermang.

Reklama böyiça quyidagi manzilga murojaat qilişingiz mumkin: @xushnudbekreklama_bot

(iltimos, boşqa masalada bu yerga yozmang, bu işimizni oğirlaştiradi, bizga xalaqit beradi)

Ilohim, mazkur balolar nafaqat yurtimizdan, balki butun dunyodan tezda bartaraf bölişini Allohdan tilab, duodamiz.

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek