Marhumning ayoli xayriya pullarini boşqa bemorlarga berdi
Xushnudbek.uzMatn1 daqiqa0tahrirlanganYakşanba kuni uçun taʼsirli voqea.
Kun.uz naşri Bektemir tumanida ijarada yaşovçi, jigar tsirroziga çalingan va zudlik bilan operatsiya qilinişi zarur bölgan bemor Murot Tleumuratov uçun xayriya aksiyasi taşkil etadi. Aksiyada 100 mln sömdan ortiqroq mablağ yiğiladi.
Ammo çegaralar yopilib qolgani uçun Hindistonda ötkazilişi kerak bölgan operatsiyaga 40 yoşli bemor yetib bora olmadi va yaqinda kasallik zörayişidan vafot etdi.
Şundan söng, marhumning turmuş örtoği xayriyaga tuşgan 100 mln sömni boşqa bemorlarga bölib beribdi.
Kun.uz muxbiri sörayapti: «ijarada turaman degandingiz, çoğroq bölsa ham uy olişga harakat qilmadingizmi?»
Marhumning turmuş örtoği Nursulu javob beryapti:
– Bu pullarni özim uçun işlatişga haddim siğmadi. Heç kimning boşiga bizdagi kabi ayriliq tuşmasin. Hozir ham 1,3 mln söm tölab ijarada turamiz, erimning joni ham uysizlikda uzildi. Lekin Allohning bizga, qizimga atagani ham borligiga işonaman. Özi istasa uylik ham bölamiz.
Mana şunday yaxşi insonlar borligi uçun ham bu dunyo turibdi, menimça. Yaxşilar va yaxşiliklar köpayaversin...
👉 @xushnudbek 👈



