Veyplarni sigaretga tenglashtirish taklif etilmoqda
Koronavirusning misli körilmagan pandemiyasi soğliğimizni asraş bu kabi davrlarni yengib ötiş uçun naqadar muhimligini körsatdi. Şifokorlarning aytişiça, koronavirus keltirib çiqaradigan salbiy oqibatlarning aksariyati öpkaga taʼsir qiladi, ular esa asosan tamaki çekiş natijasida yemiriladi.
Sönggi paytlardagi infodemiya oqibatida Moliya vazirligi tomonidan eʼlon qilingan «Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilişi hamda isteʼmol qilinişini çeklaş töğrisida»gi Qonunga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqidagi qonun loyihasiga köpçilik eʼtibor qaratmadi. Unda judayam muhim özgartişlar örin olgan, jumladan, buğ bilan çekiladigan “veyp” uskunalarini sigaretga tenglaştiriluvçi normalar kiritilgan.
Çekiş – qaramlikning bir turi. Uzoq yillardan beri çekib kelayotgan odamni bu odatdan keçişi juda ham muşkul. Ammo menimça, bu yomon odatdan yoşlarni ihotalaş öz qölimizda. Çunki yoşlarimiz köp hollarda bunda “krutoylik” alomatlarini körişadi va bu ularning sönggi paytlardagi veyplarga işqibozliklarida yaqqol körinmoqda. Ular veyplar sigaretlarga nisbatan zararsizligi haqidagi yolğonlarga işonişadi, aslida veyplar tarkibida ham öşa-öşa tamaki va nikotin mavjud. Buni Butunjahon soğliqni saqlaş taşkilotining veyplar insonning yurak−qon tomir hamda nafas oliş tizimlarini işdan çiqarişi va ayniqsa ösmirlar uçun xavfli ekani haqidagi xulosasi ham tasdiqlamoqda.
Qonun loyihasining mualliflari, Moliya vazirligining mutasaddi rahbarlariga alohida minnatdorligim va qöllab-quvvatlaşimni aytmoqçiman. Bu çekişga qarşi kuraşda qöyilgan muhim qadam va umid qilamanki, bu kuraş yanada kuçayadi.
Şuningdek, tamakini qizdiruvçi elektron moslamalarni ham sigaretlarga tenglaştiriş kerakligini taʼkidlagan bölardim. Şu kabi özgartişlar ayni kunlarda Qozoğistonda qabul qilindi, tez orada Rossiyada ham qöllanilişi kutilmoqda. Albatta, bu taklifim ayrim kompaniyalarga yoqmasligi tabiiy, ammo bu kerakli çora.
Men har doim çekişga qarşi bölganman, özim ham şu paytgaça çekmaganman va bundan keyin ham insonlar salomatligi uçun şu pozitsiyamda qolaman.
👉 @xushnudbek 👈

