Talabalar stipendiyalari qayta hisob-kitob qilinishi kerak
Stipendiyalar qayta hisob-kitob qilinişi kerak
Mayli, rasmiy qaror matni haligaça bölmasa ham, lekin har holda ikki enlik rasmiy xabar bor, şu xabarga qarab huquqiy xulosa qilsak böladi.
Stipendiya tölaş tartibi endilikda Vazirlar Mahkamasi qarori bilan belgilanadi. Ilgari bu jarayon Moliya hamda Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligining qöşma qarori bilan tasdiqlangan yöriqnoma asosida tartibga solinardi.
Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan stipendiyaga oid yangi tartib 1-fevraldan amal qilar ekan. Demak, bundan xulosa qiliş mumkinki, 1-fevralgaça eski tartib kuçda böladi.
Eski tartib kuçda böladi degani, talabalarga 1-fevralgaça tabaqalaştirilgan (1 - 0,75 - 0,5 koeffitsent) stipendiya tölanişi kerak bölgan.
Ammo sentabr oyidan buyon amalda qonuniy kuçda bölgan Yöriqnomaga rioya qilinmadi, heç bir qonuniy asosi bölmasa ham talabalarga stipendiyalar boşqaça tartibda tölandi. Batafsil mana bu yerda.
Ammo qonun ustuvor davlatlarda bunday bölmasligi kerak. Qonunni hurmat qilgan Moliya vazirligi talabalarga asossiz kam yoki köp stipendiya tölamaydi. Qonunni hurmat qilgan Oliy taʼlim vazirligi bu jarayonni qöllab-quvvatlamaydi. Qonunni hurmat qilgan Hukumat bunga tomoşabin bölib turmaydi va oldini oladi.
Şu sababli, talabalar bilan toki 1-fevralgaça bölgan 5 oy (sentabr-oktabr-noyabr-dekabr-yanvar) uçun qayta hisob-kitob qilinişi kerak. Bunday qayta hisob-kitob 4 va 5 bahoga yopganlar uçun foydali, 3 bahoga yopganlar uçun zarar (taxminan 150 ming söm) bölişi mumkin. Ammo nailoj, qonunçilik talabi şunday, unga hamma böysunişi kerak.
Özi qabul qilgan muhim qarorni 5 kundan buyon rasman eʼlon qilişni taşkil qila olmagan Hukumat heç bölmasa talabalar haqqini joyiga qöyib qöygani maʼqul, menimça. Yana ham özingiz bilasiz, mening işim qonunni eslatiş xolos.
👉 @xushnudbek 👈

