XushnudbekUz kanali talabalar uçun taʼlim granti eʼlon qildi

Matn16-oktabr, 2021, 19:012 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️Kontraktda öqiyotan talabalar uçun XushnudbekUz kanali taʼlim granti eʼlon qiladi

Xabaringiz bor, 1 yil avval MetsenatUz loyihasini boşlagan edik. Loyihadan asosiy maqsad taʼlimga investitsiya kiritiş, ehtiyojmand talabalarga ilm olişlari uçun moddiy kömak beriş, jamiyatda metsenatlik (homiylik) madaniyatini şakllantiriş edi. Toma-toma köl bölur deganiday, 1 yil davomida jami 5 mlrd sömdan oşiqroq qiymatdagi taʼlim granti va stipendiyalar eʼlon qilindi.

Biz bu loyihani töxtatmoqçi emasmiz, bor kuç va imkoniyatlarimiz bilan uşbu loyihani rivojlantiriş ustida boş qotiryapmiz. Bugun mamnuniyat bilan MetsenatUz loyihasida navbatdagi taʼlim grantini eʼlon qilamiz.

XushnudbekUz Telegram kanali nomidan joriy qilingan taʼlim grantida 35 nafar talabaga 3 mln sömdan, jami 105 mln sömlik mablağlar tölab berişni niyat qildik.

Balki bu katta summa emasdir, balki kimlargadir yarim yillik kontraktini qoplaş uçun ham yetmas, lekin imkon qadar ehtiyojmand tolibi ilmlarga yordam böladi, degan umiddaman.

ℹ️ Maʼlumot: uşbu grant uçun ajratilayotgan mablağlar XushnudbekUz kanalida eʼlon qilingan reklamalar hisobidan qoplanadi.

📲 ONLAYN ARIZA TOPŞIRIŞ

Taʼlim granti haqida maʼlumot:

Qaysi OTMlar uçun: Barça davlat, nodavlat, diniy taʼlim muassasalari uçun
Qaysi bosqiç uçun: bakalavriatning barça bosqiçi
Qaysi taʼlim şakli uçun: kunduzgi, sirtqi va keçki
Qaysi jihatlarga ustunlik beriladi: özlaştiriş körsatkiçi yuqori, ijtimoiy himoyaga muhtoj, yetim va çin yetim, nogironligi bor talabalar.
Kvota soni: 35 nafar (buning 10 nafari TDYUU talabalari uçun)
Taʼlim granti miqdori: 3 mln söm (jami 105 mln söm)
Ariza topşirişning sönggi kuni: 31-oktabr

📲 ONLAYN ARIZA TOPŞIRIŞ

P.S.: elektron tizim töliq yangilangani uçun, mabodo hujjat topşirişda texnik muammo yoki tuşunmovçilik bölsa, izohlarda yozib qoldirişingiz mumkin.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 3
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek