Kontrakt va stipendiya masalasidagi savollarga izoh
Kontrakt va stipendiya masalasida
Juda köpçilik Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan eʼlon qilingan tölov-kontrakt narxlari hamda kontraktni stipendiyali va stipendiyasiz tölaş tartibiga oid izoh berişimni söramoqda.
Asosiy savollar quyidagiça:
1) Endi tabaqalaştirilgan stipendiya butunlay bekor böldimi? Sessiyani 3, 4, 5 bahoga yopganlar bir xil 400 ming söm stipendiya oladimi?
2) Yoki 400 ming sömlik stipendiya faqat kontraktni stipendiyasiz tölaş tartibini tanlaganlar uçun amal qiladimi?
3) Davlat grantida öqiydiganlar ham bir xil 400 ming söm stipendiya oladimi yoki ularda bahoga qarab stipendiya miqdori turliça böladimi?
4) Tölov-kontrakt miqdori nima uçun 10% dan köproqqa kötarildi. Axir oylik iş haqlari 10% oşgan ediku?!
Mana şu savollarga nima uçun javob bermayotganimni söraşmoqda. Axir qanaqa qilib javob beray, agar özim ham bu savollar javobini bilmasam? Imkoniyat doirasida rasmiy vakillar bilan boğlanib, ulardan izoh olişga harakat qildim, lekin tayinli javob ololmadim.
Faqat bilganim şuki, stipendiya miqdori va kontraktni stipendiyasiz tölaş tartibiga oid Hukumat qarori loyihasi tayyorlanmoqda, agar ulgurişsa, kelasi haftalarda imzolanib, rasman eʼlon qilib qolinişi mumkin ekan. Balki çözilişi ham mumkin.
Albatta bunga oid bir qança variantlarni eşitdim, ammo qaror toki rasman tasdiqlanmagunça, taxminlar bilan muştariylarni çalğitişni istamayapman.
Şuning uçun hozirgi vaziyatda faqatgina kutib turişni maslahat bera olaman xolos. Qança kutilişini esa bilmayman, uzr.
P.S.: super-kontrakt böyiça ham rasman biror xabar hozirça yöq 🤷🏻♂️
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1


