Talabalar uchun kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi
Xushnudbek.uzMatn1 daqiqa0tahrirlangan❓Talabalar kontraktni qachongacha to‘lashi kerak?
Davlat qabul komissiyasi majlisining 7-son bayoni qaroriga muvofiq, o‘qishga to‘lov-kontrakt asosida tavsiya etilgan abituriyentlar (yaʼni 1-kurslar, bakalavr va magistr) hamda o‘qishini ko‘chirgan (tiklagan) talabalar uchun (kursidan qatʼi nazar) kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati 1-dekabrgacha uzaytirildi. Yuqori kurslar uchun kontrakt to‘lash muddati OTM rektorlari tomonidan belgilanadi.
Shuningdek, talabalarga kontraktni 4 ga bo‘lib to‘lashga ruxsat berilgan.
✅ Jumladan:
➖belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 15-sentyabrgacha yoki Davlat qabul komissiyasi tomonidan belgilangan muddatgacha (bugungi kunda 1 dekabrgacha) hamda ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar uchun 1-oktyabrgacha yoki OTM rektori tomonidan uzaytirilgan muddatgacha;
➖belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50 foizi 1-yanvargacha, 75 foizi 1-aprelgacha va 100 foizi 1-iyulgacha yoki OTM rektorlari tomonidan uzaytirilgan muddatlargacha to‘lanishi kerak.
❓Super-kontrakt summasini qachongacha to‘lash kerak?
Davlat qabul komissiyasi qaroriga binoan, 2020/2021 o‘quv yili uchun super-kontrakt miqdorlarini ikkiga bo‘lib to‘lash mumkin.
Bunda:
➖ o‘quv yilining birinchi yarmi uchun kamida 50%i 2020-yilning 1-dekabridan;
➖ ikkinchi yarmi uchun esa qolgan qismi 2021-yilning 1-martidan kechiktirmay to‘lanishi kerak.
📖 Ta'lim yangiliklari kanaliga a'zo bo'ling:
👉 @urfon
- 👍 3

