Töylardagi dabdabavozlik va yöl qoidalari uçun jarimalar

Matn7-sentabr, 2019, 14:382 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​Töylardagi dabdabavozlik va yöl qoidasi haqida

Içki işlar vazirligi YHXBB Matbuot xizmati haydovçilarga quyidagilarni eslatmoqda:

👉 Mototsikllar va boşqa transport vositalari haydovçilarining yöllarda yöl harakati xavfsizligiga tahdid soluvçi yoki avariya holatini keltirib çiqaruvçi guruh bölib harakat qilişda qatnaşişi

669 ming söm jarima solişga sabab böladi.

👉 Xuddi şunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo qöllanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilgan bölsa,

1 mln 115 ming söm miqdorida jarima solişga yoki transport vositasini boşqariş huquqidan olti oydan bir yilgaça muddatga mahrum etişga sabab böladi.

👉 Transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda yölovçi tomonidan tana qismlarini (qöldan taşqari) salondan çiqariş:

⁃ yölovçiga nisbatan 223 ming söm;
⁃ haydovçiga nisbatan 2 mln 230 ming jarima solişga sabab böladi.

👉 Xuddi şunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo qöllanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilgan bölsa,

haydovçiga nisbatan 4 mln 460 ming söm miqdorida jarima solişga yoki transport vositasini boşqariş huquqidan bir yil muddatga mahrum etişga sabab böladi.

❗️Yaxşi niyat bilan töy boşlagan yurtdoşlar, qadrli ota-onalar, mahalla faollari töylarimizni ixçam va sarişta ötişiga siz ham hissa qöşing.

Ortiqça dabdabavozlik bilan farzandingizga baxt qasrini qurib berolmaysiz. Köçalarni töldirib, harakatga halal berayotgan yoşlarni tartibga çaqiring. Çunki bu kabi illatlarni faqatgina jazolaş bilan yöqotib bölmaydi. Jamoatçilik nazorati ham muhim örin tutadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek