Töxtamurod Jumayev nomidagi matematika olimpiadasi
Manba:Зззз
Özbekistonda Xalq taʼlimi vazirligi va “Qoraköl Ziyo” öquv markazi hamkorligida ilk bora ötkaziladigan “Qoraköl maktabi” asosçisi Töxtamurod Jumayev nomidagi matematika olimpiadasining taşabbuskorlari haqida ham alohida töxtalib ötiş, joiz!
Ğoya muallliflari Umid Rahmonov,Ozod Zoirov va Jasur Qöçqorovlar haqida ikki oğiz söz.
Umid Rahmonov 90 yillarning oxirlarida Jahon xalqaro matematika olimpiadasida respublikamiz şarafini himoya qilgan ilk qaldirğoçlardan hisoblanadi.
“Jumayev maktabi”da tahsil olgan kezlari 1999-2001-yillar davomida Ruminiya, Janubiy Koreya va AQŞda bölib ötgan nufuzli olimpiadada Özbekistonga birinçi bölib bronza va kumuş medallarni taqdim etgan.
Şuninngdek, loyihaning yana bir taşabbuskorlari Ozod Zoirov va Jasur Qöçqorovlar ham xalqaro matematika olimpiadasida iştirok etib, bronza medallariga sazovor bölişgan!
Ustozining yölidan borayotgan bu şogirdlarga omad tilaymiz!
Işonamizki, ular olimpiadaning yuqori saviyada ötkazilişi bilan boğliq taşkiliy işlarni ham munosib uddalaşadi!
