Xalqaro matematika olimpiadasidagi natijalar tahlili

Albom18-iyul, 2022, 13:192 daqiqa0 koʻrish

Matematika fanidan xalqaro olimpiadadagi natijamiz haqida

Xalq taʼlimi vazirining birinçi örinbosari Usmon Şarifxöjayev Xalqaro matematika olimpiadasida jamoamiz (rasmdagi yigitlar) faqat bitta bronza medali olganiga izoh berdi.

Aytilişiça, joriy yilda ballar ança yuqorilagan. Bu yil bronza medalini oxirgi ötiş çegarasi 23 ball böldi (2021-yilda çegara 12 ball bölgan).

Şunday bölsa-da, jamoaviy natija yurtimiz tarixidagi eng yaxşi körsatkiç ekanligini aytiş kerak. Jamoamiz jami 124 ball töpladi (oldingi eng yaxşi körsatkiç 2010-yilda qayd etilgan - 112).

Öquvçilarimiz reytingi 52,4 foizni taşkil etdi (oxirgi 8 yil içidagi eng yaxşi natija).

Iqtisodçi Behzod Hoşimov mustaqillikdan keyingi IMO’da olingan medallar sonini tahlil qildi. Biz Qozoğiston, Ozarbayjon, Belarusdan ança orqadamiz. Ukrainani gapirmasak ham böladi. Haligaça birorta oltin medal olmaganmiz.

Şuningdek, Behzod Hoşimov quyidagiça eslaydi:

«Maktabni bitirayotgan paytimda ahvol oğir: pul topiş juda qiyin edi. Aytişlariça, Özbekiston taşqi işlar vazirligi ayrim mamlakatlarda bölgan olimpiadalarga borişni taqiqlagandi. Masalan, Argentina, Kolumbiya va Janubiy Afrikada (2012-13-14) bölgan olimpiadalarga jamoamiz bormagan. Öşa payt 2 ta nazariya bor edi: biri — rostdan ham TIV taqiq qöygan (tentaklik), ikkinçisi esa, 6 ta bilet olib bermaslik maqsadida taʼlim vazirligi TIVni bahona qilgan (qizğançiqlik). Yaʼni hozir şaroitlar yaxşiroqligini eʼtirof etiş kerak, samolyotga çiptalar ham bor, boşqasi ham, lekin baribir köproq resurs kerak. Masalan, Qozoğiston öz yiğinlarini (sbor) çet el mamlakatlarida ötkazadi, eng zör domlalar bilan işlaydi.

Fan olimpiadalariga aslida köp resurs ajratiş kerakmas, lekin samarasi juda baland böladi. Agar şu masalaga köproq resurs ajratsak — köp bolalarga motivatsiya böladi va iştirokçilar köpayadi. Köproq resurs deganimda, yutganlarga qimmat sovğalar emas, borişdan 3-5 yil oldin tayyorlaş, saralaş va öqitiş jarayonlarini isloh qilişni nazarda tutyapman», - deydi Hoşimov.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek