Özbekistonlik öquvçilar matematika olimpiadasidan çetlatildi

Matn19-iyul, 2018, 10:003 daqiqa0 koʻrish

​​Afsuski taʼlim sohasida köngilni xira qiladigan yangiliklar ham yöq emas (özi köngilni toğday kötaradiganlari juda kam).

Joriy yilning 3–14-iyul kunlari Ruminiya davlatining Kluj-Napoka şahrida ötkazilgan dunyoning eng nufuzli sanalgan Xalqaro matematika olimpiadasida (International Mathematical Olympiad, IMO) Özbekiston jamoasidan 3 ta öquvçi qalloblikda gumonlanib, olimpiadadan çetlaştirilgan. Wikipedia'ga köra, hozirgaça bunday vaziyat faqat ikki marta, 1991 va 2010-yillarda Şimoliy Koreya jamoasi bilan sodir bölgan ekan.

Bu haqida IMO 2007'da bronza medali sohibi bölgan Bahriddin Abdiyev va boşqa bir guruh matematik yoşlarimiz xabar berişmoqda.

Afsuski uşbu mavzuda mutasaddi taşkilotlarning haligaça sukut saqlayotgani bizni ajablantirmoqda.

Özbekiston uşbu olimpiadaga 1997-yildan buyon ayrim yillarda uzilişlar bilan qatnaşib kelmoqda. Maqola mualliflari, yurtimiz matematiklarining uşbu yillardagi körsatkiçini tahlil qilişgan (infografika pastda).

Körib turganingizdek, bizning terma jamoamiz 1997-yildan 2008-yilgaça (2003-yildan taşqari) Markaziy Osiyo davlatlari örtasida ikkinçi örinni egallab kelgan. 2011-yildan boşlab esa 4–5 örinlarga tuşib ketgan. Ayniqsa, oxirgi uç yil içidagi umumjamoa hisobida örtaça 110 davlat orasidan 77, 74, 86-örinlarni egallab kelmoqdamiz.

Boşqaça aytganda oxirgi 3 yilda «musaffo osmon» ostida öqiyotgan yoşlarimizning bilim darajasi keskin pasaygan. Yoki garçi bilimli yoşlarimiz köp bölişiga qaramay, fan olimpiadalaridagi qallobliklar şu darajaga yetganki, alal oqibat bu xalqaro natijalarimizga ham taʼsir ötkazmay qolmagan.

Endi şu yilgi vaziyatga qaytsak. Rasmiy natijalar çiqişidan avvalroq tablodagi umumiy natijalar rasmga olinib, internetda tarqaldi. Unga köra, bizda kamida 2 ta kumuş medali bölişi kerak edi.

Sal ötmay, rasmiy natijalar IMO saytiga joylaştirildi. Unda esa butunlay boşqa vaziyat — faqat 2 ta faxriy yorliq bilan çegaralanganmiz va 6 tadan 3 ta öquvçi umuman körsatilmaganini körişimiz mumkin.

Maqolada keltirilişiça, IMO prezidenti Jof Smit (Geoff Smith) öz bayonotida bu yilgi olimpiadada Özbekiston bilan aynan nima bölgani haqida töxtalib, xususan, şunday degan:

"… IMO 2018'da masala kapitani qiyin masalani bitta davlatdan (Özbekiston) bölgan uçta qatnaşçi bir-biriga judayam öxşaş yöl bilan yeçganligi va bunda ehtimoliy qonun buzilişi bölganligi haqida xabar berdi. Axloq (etika) qömitasi vakillari va IMO kengaşidan saylangan aʼzolar tomonidan tekşiruvlar ötkazilib hamda şu davlat terma jamoasi yetakçisi bilan (tarjimon orqali) muhokamalar olib borilib, IMO hakamlar hayʼatiga tavsiya berildi. Hayʼat muammodan kelib çiqib, öquvçilar yeçimlarini va aloqador hisob-kitoblarini örganib çiqdi. Jamoa yetakçisi yeçimdagi öxşaşliklarni (çizmalar, metodlar, trigonometriya va masalaning yeçiliş tartibi) öquvçilar bitta maktabda öqiganligi va bitta öqituvçidan dars olganligi bilan izohladi.

Hayʼat bunga işonmadi va köpçilik ovoz bilan uçala yeçim ham noqonuniy manbaga tayanadi deb topdi. Jamoaning boşqa qatnaşçilari va yetakçilari tomonidan qonun buzilişiga aloqadorlik böyiça heç qanday dalil bölmagani uçun ularga nisbatan çora körilmadi. IMO 2018'dan uşbu qatnaşçilarni çetlaştirişga qaror qilindi, va ular IMO 2018'da umuman qatnaşmagan deb topilganligiga asoslangan holda oxirgi natijalar tahlil qilindi va medallar taqsimlandi…"

Hozirça Özbekiston jamoasi yetakçisi Şuxrat Ismoilov yoki boşqa qatnaşçilar tomonidan uşbu holat yuzasidan heç qanday rasmiy bayonot berilgani yöq, deydi mualliflar.

Biz ham uşbu holat böyiça rasmiy bayonot kutib qolamiz. Yurtimizning xalqaro intellektual maydondagi nufuzi haqida gap ketar ekan, albatta rasmiy tuşuntiriş bölişi kerak, menimça. Voqealar rivojini kuzatamiz.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek