Öqituvçilar oyligi va Yoşlar ittifoqi byudjeti tahlili

Matn19-iyul, 2018, 09:172 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Öqituvçilarning oyligi va Yoşlar ittifoqining puli

Şu kunlarda öqituvçilarning oyligini kötariş masalasi keng muhokama qilinmoqda. Şundan kelib çiqib, ayrim matematik hisob-kitoblar qilib kördim.

Maʼlum qilinişiça, xalq taʼlimi tizimida öquv-tarbiyaviy va boşqaruv jarayonida 450 mingdan ziyod xodim mehnat qilmoqda.

Ularning örtaça oyligi esa 1 mln 230 ming söm ekan.

Bu degani har oy ularga 553 mlrd 500 mln söm oylik tölanadi. Bu Yoşlar ittifoqining 1 yillik byudjetidan 2 baravardan ham köp.

Agar davlat öqituvçilarning örtaça oyligini 1 mln 800 ming qilib kötarsa, unda har oy 810 mlrd söm oylik tölaşiga töğri keladi. Bu degani har haftada (!) Yoşlar ittiqofiqining 1 yillik byudjeti oylik uçun sarflanadi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrimlar YOI şuuuunça pulni nima qilişyapti, undan köra YOIni yopib, şu pullarni öqituvçilarga oylik qilib bölib beriş kerak, oyliklar kötarilib, taʼlim rivojlanib ketardi, deganiga ham guvoh bölganman. Lekin real olib qaralsa, YOIning puli urvoq ham bölmaydi. Agar bir yillik byudjeti bölinsa, öqituvçilarning oyligiga har oy 37 ming söm qöşiladi xolos. Bu bilan taʼlim rivojlanib qolmasa kerak.

Xullas, raqamlar juda katta. «Oyliklarni oşiriş kerak» deymizu, lekin buning uçun davlat juda katta resurslar sarflaşga majbur bölişini yoki tasavvur qilamiz, yoki yöq. Köp narsa iqtisodiyotimizga boğliq.

Albatta, Xalq taʼlimi vaziri Şerzod Şermatov aytganiday, markazlaşgan mablağlarni real sektorga emas, taʼlimga investitsiya kiritişni tezroq boşlaşimiz kerak.

Yoxud Davletov.uz kanali yozganiday, bozor qoidalari va prinsiplari asosida taşkil etilmagan Dasturlar natijasida milliardlab mablağ «bebiliska» sarflanmasdan, taʼlimga berilsa, qanday yaxşi bölardiya... Bularning barçasi IMXO, albatta.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek