Qarshidagi 108 nafar o‘qituvchi bloger ustidan shikoyat qildi

Matn31-may, 2019, 23:133 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​Bir qiziq iş böldi. Na kulişni, na yiğlaşni bilasan.

Qarşi şahridagi 23-maktabning 108 nafar öqituvçisi Kun.uz hamda Daryo.uz naşrlariga ustimdan şikoyatnoma yozibdi (rasmi pastda). Balki boşqa joylarga ham yozişgandir, maʼlum bölgani şu xolos. Keling, vaziyatni tuşuntiray.

Yodingizdami, Xalq taʼlimi vazirligining rasmiy saytida Qarşi şahridagi 23-maktabda konsertga majburlab bilet sotgan direktor v.v.b. lavozimidan ozod etilgani haqida xabar eʼlon qilingandi. Öşa xabar vazirlik saytida çiqqandan keyin, deyarli barça OAV, ijtimoiy tarmoqlar, şu jumladan men ham kanalda yozgandim - https://t.me/xushnudbek/2282

Qarşi şahrida majburan bilet sotilayotgani haqida dastlab “Öqituvçi” kanalida, undan söng “Rais buva” kanalida xabar çiqqan. Şu ikkala kanalda çiqqan xabarlar asosida XTV vaziyatni örgangan hamda natijasi böyiça rasmiy axborot bergan.

Men esa faqat vazirlikning rasmiy axborotini sözma-söz eʼlon qilganman xolos, boşqa biror marta konsertga majburlab bilet sotilganlik holati haqida yozmaganman.

Qarşidagi 23-maktab öqituvçilari esa nima uçundir bularning barçasida meni ayblab çiqişibdi. Suriştirmasdan, qölida dalilga ega bölmasdan, axborotni xolisligi, şaffofligi böyiça jurnalistik suriştiruv olib bormasdan internetga qöyib yuborgan, deya ayblaşibdi. Eng qiziği «biz öqituvçilar bunday soxta xabarni ğarazli niyatda tarqatgan deb öylaymiz» deya tuhmat ham qilişibdi.

Ikkala şikoyatga ham 108 nafar öqituvçilar erinmasdan öz ism-şariflarini yozib, imzo çekişgan.

Maʼzur tutasizlaru, mazkur şikoyat xati xalq taʼlimi tizimining ayançli holatga kelib qolganini isbotlab turibdi. Butun boşli maktabning ziyoli öqituvçilari qörqmasdan birovga tuhmat qilişyapti.

Ularning orasida birortasi «hoy, baraka topgurlar, bu xabarni birinçi bölib vazirligimiz rasman tarqatgan bölsa, Xuşnudbek ham kanalida “vazirlikning rasmiy axboroti” deya eʼlon qilgan bölsa, öşa xabarni 50 ga yaqin boşqa OAVlar ham köçirib bosgan bölsa, agar eʼtirozimiz bölsa vazirlikning ustidan şikoyat yozaylik, nima uçun aynan Xuşnudbekni ayblayapmiz, mantiq qani?» deb aytmaganiga qoyil qoldim.

Ustoz - otangday uluğ, deyişadi. Buyoği Ramazon oyi, Hayit ham yaqin. Garçi 108 nafar öqituvçilar meni ğarazgöylikda ayblab, tuhmat qilişgan bölsa ham, ulardan xafa emasman.

Buning yana bir sababi, katta ehtimol bilan bu şikoyatlar öqituvçilarning taşabbusi bilan yozilmagan, kimdir uyuştirib, ulardan majburan imzo yiğdirgan bölsa kerak, degan taxminim bor. Çunki naq 108 nafar öqituvçida oddiy mantiq işlamaganiga işoniş qiyin. Bunçalik darajada bölişmasa kerak degan yaxşi gumondaman.

Bu voqealardan alamzada bölgan kimdir, rasmiy axborot tarqatgan vazirlikka qarşi borişga qörqib, hamma aybni menga ağdarmoqçi bölgan şekilli. Mayli, Alloh unga ham insof bersin.

Ammo tanganing boşqa tomoni ham bor. Qaçongaça öqituvçilarimiz öz mustaqil fikriga ega bölişmaydi yoki uni aytişdan qörqişadi?

Qaçongaça zulm körsa ham, majburiy mehnatga çiqsa ham, farzandlari uçun halol işlab topgan rizqini turli “yiğdi-yiğdilar” sabab tortib olişsa ham, qaçongaça miq etmasdan, tobe bölib ötib ketişadi?

Qaçongaça noinsof rahbarlarning “orqasini yopib”, öqituvçilarga yordam beriş uçun kelgan tekşiruvçilarga “öz xohişimiz bilan” deb soxta gaplarni aytişadi?

Qaçongaça vaziyatni xaspöşlaş maqsadida zolim rahbarlarning bitta döq-pöpisasi ortidan, 100 lab öqituvçilar bir bölib, birovlarning ustidan jamoaviy tuhmat yozişadi?

Qaçongaça? Qaçongaça?

Hurmatli öqituvçilar, böldi, yetar endi. Şunça qiynalganingiz, şunça ezilib, azob tortganingiz. Özgalar qölida qöğirçoq bölganingiz.

Haqqingizni baralla talab qiliş, yolğonga qarşi kuraşiş, közböyamaçiliklarni parçalaş vaqti kelmadimi?

Sizlar jamiyatning eng oldi ziyoli qatlamisiz. Sizlar kelajagimizning bunyodkorisiz. Jamiyatning eng quyi qatlamidan biri böliş joningizga tegmadimi?

Tiklaning, oyoqqa turing, Sizlarning joyingiz ança tepada axir. Özgarişlarni eng birinçi özingiz xohlaşingiz kerak. Kim qayoqqa yetaklasa indamasdan ketavermang!

Eh, gapirsa gap köp, umr oz. Mayli-da. Yaxşi-yomon gaplar uçun uzr, lekin. Çidab turolmadim şunçaki...

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek