Saida Mirziyoyeva majburiy maktab formasi haqida fikr bildirdi

Matn31-may, 2019, 15:212 daqiqa0 koʻrish

Manba:davletovuz

​​Saida Mirziyoyeva: "Maktablarda mavjud kamçiliklarni tuzatmay turib, majburiy forma talab qilinişiga hali erta deb öylaymiz"

Özbekiston Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori örinbosari Saida Mirziyoyeva kelgusi öquv yilidan majburiy yagona maktab formasi joriy etilişi borasida fikr bildirdi.

Keça Prezidentimizning Beşta taşabbusini hayotga samarali tatbiq etiş masalasini xorijiy ekspertlar bilan muhokama qildik. Loyihaning strategik yönalişlari, çet el tajribasi va undan foydalaniş böyiça fikr almaşdik.

Yodingizda bölsa, beşta taşabbusni, eng avvalo, maktablardan boşlaş ğoyasi ilgari surilgan edi.

Ötkazilgan örganişlar natijasida, ayrim joylarda şaroit oğir ekanligi, köplab maktablar taʼmirtalab, öquv darsliklarining yetişmasligi, kitoblar sifati juda past ekanligi, ayrim maktablarda darslar uç smenada ötilişini kördik.

Bu yildan boşlab majburiy yagona maktab formasi joriy etilişi rejalaştirilgan. Lekin mavjud kamçiliklarni tuzatmay turib, majburiy forma talab qilinişiga hali erta deb öylaymiz. Qisqasini aytganda — oldin şaroit, keyin talab.

Albatta, bu oson iş emas. Izdan çiqqan taʼlim tizimini tuzatiş juda katta mablağ, bir neça yil vaqt va ilmiy yondaşuvni talab qiladi. Bu yölda xatolar ham bölişi mumkin, çunki bu jarayon. Biroq hozir şu işlarni boşlamasak, ertaga masala yanada murakkablaşadi.

"Xullas, bu yölda barçamiz hamjihat bölib harakat qilişimiz kerak. Mutassadi vazirlik va idoralar mutaxassislari tomonidan yuqoridagi masalalar yuzasidan Hukumatga tegişli takliflar kiritildi", deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

P.S.: Töğri va örinli taklif. Oçiği, taʼlim tizimimizda asosiy muammo sifat masalasi bölib turgan bir paytda, biz turli çeklovlarni joriy etiş, öquvçilarning kiyinişiga osilişimizda biror-bir mantiq yöq, aslida. Qani edi, hamma öquvçi bir xil forma kiysa-yu, ertagayoq taʼlim tizimimiz sifatli bölib qolsa. Yöq, unaqa bölmaydi. Özimizni aldab nima qilamiz — öquvçilarga tillodan kiyim kiydirsang ham, maşğulotlar sifati va maktablardagi şaroitlarni yaxşilaş haqida qayğurmas ekanmiz, heç narsa özgarmaydi. Bizning-ça, muammoni boşqa joydan izlaş kerak.

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Xushnudbek.uz kanalida so'rovnoma

    01 daqiqa

Yana oʻqing