Adliya vazirligi mehnat huquqlari buzilişini tanqid qildi
Adliya vazirligi xodimlarning mehnat huquqlariga rioya etiliş ahvolini qoniqarli emas deb hisoblaydi
Adliya organlari 100 mingdan ortiq fuqarolar örtasida test sinovlari, anonim va anketa usulida sörovlar ötkazib, Özbekistonda mehnat huquqlariga rioya etiliş ahvoliga baho bergan. Vazirlik fikriça ahvol qoniqarli emas. Masalan:
1. Qonunçilikka köra, 6 kunlik iş haftasida kunlik - 7 soat, 5 kunlik iş haftasida esa 8 soatdan ortiq bölmagan iş vaqti belgilangan. Iş vaqtidan taşqari işlaşga faqat xodimning roziligi bilan va kamida ikki hissa miqdorida haq tölangan holda yöl qöyiladi.
Biroq, sörov natijalari ayrim iş beruvçilar tomonidan bu talablar qöpol ravişda buzilganliginini körsatdi. Masalan, iş vaqtiga rioya qilmaslik, dam oliş va bayram kunlari işga çiqişga majburlaş holatlari köproq bank-moliya (32,1%), taʼlim (30,5%) va soğliqni saqlaş (28,2%) sohalarida mavjudligi körsatib ötildi.
Hududlar misolida esa xodimning iş vaqtidan ortiq yoki dam oliş va bayram kunlari qöşimça mehnatga jalb etiş holatlari köproq Samarqand (40,5%), Andijon (34,5%) hamda Toşkent viloyatlariga (32,9%) töğri kelişi qayd etildi.
2. Qonunlarda xodimning roziligisiz uning vazifasiga kirmaydigan işga jalb etiş taqiqlanadi.
Biroq, xodimning roziligisiz uning vazifasiga kirmaydigan işlarga jalb qiliş holatlari hanuzgaça kuzatilayotganligi taşvişlidir. Bu kabi holatlar köp hollarda moliya (19,3%) va xöjalik boşqaruvi organlarida (19,1%) hamda taʼlim tizimida (16,8%) uçraşini kuzatiş mumkin.
3. Qonunçilik talabiga asosan, xodimning iş haqidan olib qolişga uning yozma roziligi bilan yoki sudning qaroriga asosan yöl qöyiladi.
Biroq, iş beruvçilar tomonidan xodimning roziligisiz uning iş haqidan uşlab qolinayotganligi holatlari hamon davom etayotganligini OAV va ijtimoiy tarmoqlarda ham eʼtirozli muhokamalarga sabab bölmoqda.
Mazkur turdagi qonunbuzilişlar köpinça banklarda (23%), soğliqni saqlaş (26,3%), moliya (23,9%) va taʼlim (20%) sohalarida uçraşligini köriş mumkin.
Bundan taşqari, ötkazilgan tadbirlarda iştirokçilarning 16,6 foizi iş joyida mehnatni muhofaza qiliş (xavfsizligi, hayoti va soğliğini saqlaş) çoralari körilmaganligini taʼkidlaşgan.
Mehnat huquqlari buzilayotganligining yana bir sabablaridan biri sifatida fuqarolarning mehnat huquqlari böyiça bilimlari yetarli emasligini körsatiş mumkin. Jumladan, ötkazilgan test sinovlari natijasida kunlik iş vaqti normasini - 32%, xodimni qöşimça işga jalb qiliş tartibi va tölov miqdorini - 32,1%, mehnat taʼtiliga çiqiş tartibini - 29,1%, oylik iş haqidan uşlab qoliş tartibini - 29,2%, kasaba uyuşmalarining vazifalarini - 32,1% xodimlar bilmasligi maʼlum böldi.
Qayd etiş lozimki, fuqarolarning mehnat huquqiga töliq rioya etilmasligi respublikada olib borilayotgan islohotlarga va Özbekistonning xalqaro hamjamiyatdagi nufuziga özining salbiy taʼsirini körsatişi mumkin, deydi vazirlik.
Öz navbatida mazkur holatlar kelgusida iş beruvçilar va xodimlar örtasida turli nizolarning kelib çiqişiga, xodimlar tomonidan işlar sifatsiz bajarilişiga, şuningdek, ularning soğligiga jiddiy zarar yetişiga olib keladi.
Şu munosabat bilan, Adliya vazirligi barça korxona, taşkilot va muassasalar rahbarlarini avvalo qonunlarga itoat etişga, qöl ostidagi xodimlarning mehnat huquqlariga rioya etişga, şuningdek, mehnat munosabatlarini özaro işonç va hurmat ruhida barpo etişga çaqirdi hamda mehnat töğrisidagi qonun hujjatlarini buzgan şaxslar javobgarlikka tortilişi haqida ogohlantirdi.
P.S.: haqiqatdan, bank-moliya, taʼlim va soğliqni saqlaş sohasida mehnat qonunçiligining ahvoli öta açinarli.
👉 @xushnudbek 👈
