Xodimlarni iş vaqtidan keyin olib qolmaslik talabi
Soat 18:00-da iş vaqti tugaydigan barça xodimlar uylariga ketişlari şart!
Hurmatli, rahbarlar!
Umid qilamanki, Sizlar xuddi ertalab 60 ming sömga ketişga jon deb rozi bölib turgan, lekin tuşdan keyin noinsoflarça narxni 200 ming sömga sunʼiy kötarib olgan ayrim vijdonsiz taksiçilarga öxşab qolmaysizlar.
Vijdonli böling, xodimlaringizni işxonada ortiqça uşlab ötirmang. Hozirgi şaroitda barça xodimlar öz vaqtida uylariga ketişlari şart va zarur!
Özi şundoq ham köplab yurtdoşlarimiz voyaga yetmagan farzandlari maktab va boğçaga bormayotgani uçun nima qilişni bilmay, öylanib yurişibdi. Şu sababli xodimlaringizni 1 daqiqa bölsa ham işxonada ortiqça uşlab qolişingiz, nafaqat qonunlarga xilof, balki noinsoflik ham.
18:00-dan hamma uyiga ketsin! Oila aʼzolarimiz bağrida köproq vaqt ötkazişimiz va har qaçongidan ham köproq bir-birimizga ğamxörlik qilişimiz kerak.
👉 @xushnudbek 👈

