Propiska tizimini soddalaştirişga oid qaror loyihasi tahlili
Propiska tizimi bekor bölmaydi. Aksinça ayrim qoidalar yanada oğirlaşişi mumkin
Koronavirus va karantin mayliku, lekin boşqa mavzular esdan çiqib qolmasin. Misol uçun, bugun içki işlar vazirligi propiskani soddalaştirişga oid qaror loyihasini eʼlon qildi.
https://regulation.gov.uz/uz/document/15922
Uşbu qaror loyihasidan körinadiki, propiska böyiça deyarli heç qanday yengilliklar berilmaydi, ikkilamçi bozordan uy sotib olişga ruxsat berilişini hisobga olmaganda.
Aksinça, oldingiga qaraganda ayrim oğirlaştiruvçi bandlar taklif etilmoqda. Masalan:
Birinçidan, içki işlar vaziri örinbosari vaʼda qilganidek, propiska tizimi bekor qilinib, uning örniga röyxatga oliş tizimiga ötilmaydigan böldi. Propiska tizimi yana saqlab qolinadi! Qoyil, barakalla! SSSRdan qolgan Konstitutsiyaga zid tizimdan voz keçişga közlari qiymayapti mutasaddilarning.
Ikkinçidan, loyihaga binoan propiskasi yöq fuqarolar umumiy mulk sotib ololmaydi, yaʼni 2-3 kişi birlaşib uy sotib oliş taqiqlanadi. Bu esa Konstitutsiyadagi mulkdor böliş huquqining qöpol ravişda buzilişidir!
Uçinçidan, yana bir oğirlaştiruvçi band – nikohga taalluqli. Loyihaga köra, doimiy propiska qilingandan söng 3 yil içida nikoh bekor qilingan taqdirda, er (xotin) Toşkent şahri va Toşkent viloyatida olingan doimiy propiskasini yöqotadi. Ilgari 1 yil içida bekor qilinsa, propiskani yöqotardi. Endi uşbu muddatni uzaytirişib, xalqqa yanada oğirroq şartlarni kiritişmoqçi.
Törtinçidan, Toşkentda vaqtinça röyxatdan ötmasdan yuriş muddati 10 kunligiça saqlab qolinmoqda. 1 oy yoki undan ortiq muddatni kutganlar çuçvarani xom sanabdi! Ayrim xorijiy davlat fuqarolari Özbekistonda 30 kungaça viza olmasdan yurişi mumkin, lekin Özbekiston fuqarolari Toşkentda 10 kundan ortiq röyxatdan ötmasdan yura olmaydi.
Beşinçidan, loyiha muhokamasi 31-martga qadar ekan. Bundan çiqadiki, Prezident farmonida belgilanganidek, 1-apreldan boşlab ikkilamçi bozordan uy sotib olişga ruxsat berilişiga işoniş qiyin. Bu muddatga ulgura olişmasa kerak.
Xullas, faqatgina ikkilamçi bozordan uy olişga ruxsat berib, qolgan qoidalarni yanada oğirlaştirib, xalqni köziga xuddiki propiskani soddalaştirganday, katta bir islohot qilganday körsatişmoqçi.
Yana bir bor barakalla Sizlarga! Umringizdan baraka toping...
👉 @xushnudbek 👈
