Toşkentda uy sotib oliş va qarindoşlarni propiskaga qöyiş
Xushnudbek.uzMatn3 daqiqa0tahrirlanganToşkentdan uy sotib olib, lekin doimiy röyxatga qöymasdan qarindoşlarni doimiy röyxatga olib kiriş mumkinmi?
Köpçilik şu savol bilan ham murojaat qilmoqda. Yaʼni Toşkentdan uy sotib olsamu, lekin doimiy röyxatimni (keyingi örinlarda tuşunarli bölişi uçun – “propiska”) viloyatda qoldirsam böladimi, yoki albatta Toşkentda sotib olgan uyimga propiskamni köçirişim kerakmi?
Bu savolning davomi ham bor. Agar mabodo propiskamni viloyatda qoldiriş huquqiga ega bölsam, unda Toşkentda sotib olgan uyimga qarindoşlarimni propiskaga kirita olamanmi?
Bugun uşbu masalaga tuşuntiriş bermoqçiman.
Propiska tizimini isloh qilişga oid yangiliklarning eng muhimlaridan biri quyidagilar:
1) Toşkentda propiskasi yöq bölgan fuqarolarga xoh yangi quriliş bölsin, xoh ikkilamçi bozordan bölsin, uy sotib olişga ruxsat berildi. Aytaylik propiskasi Samarqandda bölgan fuqaro bemalol Toşkentdan uy sotib olişi mumkin, buning uçun albatta propiskasini Toşkentga köçiriş şart emas.
Asos: 22.04.2020-yildagi PF-5984-son Prezident Farmonining 2-band “a”-kiçik bandi.
Va eng asosiysi birorta qonun hujjatida uy sotib olgandan keyin propiskani öşa uyga qöyiş şart degan talab yöq. Bundan kelib çiqadiki, propiskasi yöq fuqarolar Toşkentdan uy sotib olgan taqdirda, xohlasa propiskasini Toşkentga köçiradi (1-band bilan), agar xohlamasa propiskasini viloyatda qoldiraveradi. Bu fuqarolarning mutloq ixtiyori.
2) Propiska tizimidagi ikkinçi yaxşi yangilik birinçisining mantiqiy davomi. Yaʼni endilikda fuqarolar özlarining nomidagi uylarga, garçi öşa uyda özi propiskada turmasa ham, qarindoşlarini propiskaga olib kirişga ruxsat berildi.
Asoslar: 1) Qonun bilan tasdiqlangan röyxatning 2-bandi;
2) 22.04.2020-yildagi PF-5984-son Prezident Farmonining 1-band 3-xatboşisi.
Ilgari qoidalar boşqaça edi, yaʼni qarindoşlarni Toşkentdagi biror uyga propiskaga olib kiriş uçun olib kirayotgan odamning propiskasi albatta öşa uyda bölişi talab etilardi. Ammo hozir bu talab bekor qilindi. Endi şunçaki uy nomida bölsa kifoya, propiskasi Toşkentda yoki öşa uyda bölişi şart emas.
Qissadan hissa: yuqoridagi ikkita özgarişni umumlaştirib, xulosa qilsak, javobi quyidagi çiqadi:
1) Toşkentda uy sotib olganlar propiskasini Toşkentga köçiriş şart emas, viloyatda qoldirsa ham böladi;
2) Propiskasi viloyatda bölgan fuqaro Toşkentdan uy sotib olsa, öşa uyga töğri şajara böyiça birinçi va ikkinçi darajali qarindoşlarini (ularning röyxati mana bu yerda) 2-band bilan propiskaga olib kirişga haqli. Buning uçun olib kirayotgan fuqaro albatta propiskasini Toşkentga köçirişi şart emas.
Uşbu xulosalarni Içki işlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş boş boşqarmasi vakili ham tasdiqladi.
TAVSIYA: amaliyotda fuqarolar pasport stollarga borganida yuqoridagi masalalar böyiça tuşunmovçilik kelib çiqiş ehtimoli yöq emas. Yaʼni bu yangi qoida bölgani uçun barça xodimlar ham buni töla anglab yetmaganligi natijasida “yöq, mumkin emas, propiskani Toşkentga köçiring” degan javobni berişlari ham mumkin. Bu yangi tartib qabul qilinganda yuz berişi mumkin bölgan tabiiy hol.
Ana şunday vaziyatda Sizlarga quyidagilarni tavsiya qilaman:
1) öşa pasport stoldagi xodimga yuqorida keltirilgan qonuniy asoslarni körsating va u adaşayotganini muomala bilan tuşuntirişga harakat qiling;
2) agar 1-band foyda bermasa, unda pasport stol boşliğiga kiring, har holda 11 ta tuman rahbarlari bu özgarişlardan allaqaçon xabardor bölişlari kerak;
3) agar 2-band foyda bermasa, unda Toşkent şahar IIBB MvaFRBga 71-230-38-16 telefoni orqali murojaat qiling;
4) agar 3-band ham foyda bermasa, unda Siz murojaat qilayotgan pasport stol boşliğidan arizangizga yozma rad javobi berişni talab qiling, yozma rad javobni olgaç, sudga murojaat qiliş huquqiga ega bölasiz.
Lekin umid qilamanki, amaliyotda 4-bandga mutlaqo ehtiyoj bölmaydi, barçasi dastlabki bosqiçlardayoq fuqarolar uçun ijobiy hal böladi.
❗️Uşbu özgarişlar bugun ham qonuniy kuçga ega, 1-sentabrdan kuçga kiradi, degan gaplar asossiz.
👉 @xushnudbek 👈


