Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Toşkentda propiska böyiça savollarga javoblar

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn3 daqiqa0tahrirlangan

⚡️Propiska böyiça eng köp berilayotgan savollarga javoblar

👉 Toşkentda propiskasi (doimiy röyxati) yöq fuqarolar ikkilamçi bozordan (yaʼni eski uylar) uy sotib oliş amaliyoti allaqaçon boşlangan. Masalan, propiskasi yöq fuqaroning uyi birovning nomida bölsa, unda bemalol ertagayoq öz nomiga ötkazib olişi mumkin. Buning uçun uy nomida bölgan şaxs va hujjatlar bilan notariusga boriş kifoya. Ortiqça alohida tölov yoki davlat boji yöq. 100 kv.m.gaça bölgan uylar uçun 223 ming söm davlat boji tölanadi xolos. 100-200 kv.m. uçun 446 ming söm, 200 kv.m.dan oşiq bölsa, 669 ming söm tölanadi;

👉 Ikkilamçi bozordan nomiga uy sotib olganlar Toşkentga 1-band bilan doimiy röyxatga qöyiladi. Buning uçun notariusdan uyni nomingizga rasmiylaştirib, undan keyin kadastr idoralari orqali uyning kadastr hujjatini ham öz nomingizga ötkazişingiz kerak. Şundan söng, viloyatdan doimiy röyxatdan çiqib kelasiz va Toşkentdagi migratsiya bölimlariga (pasport stol) murojaat qilasiz;

👉 Yangi uylarni sotib olganda davlatga qöşimça tölanadigan şartnoma narxidan 5%lik boj ham bekor böldi. Şu sababli yangi qurilgan uylarni olganda ham oddiy 223 ming sömlik (kv.m.ga qarab) davlat boji tölaşga ötildi;

👉 Toşkentdagi davlat taşkilotlarida 5 yil uzluksiz stajga ega xodimlar ham doimiy röyxatga qöyiladi. Bu borada quyidagilarni bilişingiz kerak:

➖ hozirça bu yangi tartib boşlangani yöq. Vazirlar Mahkamasi qarori bilan aniq mexanizmlari belgilanişi kerak. Qaror loyihasi tayyorlangan, lekin uning imzolanişini kutişga töğri keladi. Taxminan 1 oylarda çiqib qolsa kerak;

➖ uşbu yangi tartib quyidagi taşkilotlar xodimlari uçun amal qiladi:
1) davlat hokimiyati organlari;
2) davlat boşqaruvi organlari;
3) xöjalik birlaşmalari (katta ehtimol bilan davlat uluşi borlari);
4) davlat taşkilotlari.

➖ nodavlat taşkilotlar xodimlari uçun bu tartib amal qilmaydi (lekin nima uçun unaqa??? Bu masalaga keyinroq bafurja qaytamiz);

➖ uşbu yangi tartib davlat taşkilotlaridagi texnik, xizmat körsatuvçi va işlab çiqariş xodimlariga amal qilmaydi (lekin nima uçun unaqa??? Bu masalaga ham keyinroq bafurja qaytamiz);

➖ 5 yil uzluksiz staj deganda, hozirda davlat taşkilotida işlayotgan va oxirgi 5 yil davomida bitta davlat taşkilotida işlagan yoki oraliq 1 oylik uzulişlarsiz bir neçta davlat taşkilotlarida faoliyat olib borgan xodimlar tuşuniladi;

➖ doimiy röyxatga kiriş uçun iş joy (lar)idan maʼlumotnoma, katta ehtimol bilan mehnat daftarçasidan nusxa, röyxatga qöyilayotgan uy egasining roziligi va uy hujjatlari talab etiladi. Taşkilot rahbarining tavsiyanomasi yoki boşqa şu kabi qöşimça hujjatlar talab etilmaydi;

➖ 5 yil staji borlar özlari bilan birga turmuş örtoği hamda öz oilasi bölmagan farzandlarini ham doimiy röyxatga qöya oladi.

✅ Yana ham qöşimça maʼlumot oliş uçun Toşkentdagi propiska tizimini soddalaştirişga oid quyidagi 2 ta hujjatni körib çiqişingiz mumkin:

• 13.05.2020-yildagi ÖRQ-616-sonli Qonun;

• 22.04.2020-yildagi PF-5984-son Prezident Farmoni.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek