Toşkentda propiskaga kimlarni olib kiriş mumkin

Matn30-may, 2020, 20:153 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Doimiy röyxatga faqat öz oilasi bölmagan farzandlarni olib kiriş mumkinmi?

Köp joylarda eşitib qolamiz, Toşkentdan uy sotib olgan fuqarolar keyinçalik faqat oilasi bölmagan farzandlarinigina doimiy röyxatga (keyingi örinlarda tuşunarli bölişi uçun - "propiska") kirita oladi, agar oilasi bölsa, kiritolmaydi, deyişadi. Bu gap mutlaqo notöğri.

Eʼtibor beriş kerakki, faqat öz oilasiga ega bölmagan farzandinigina propiskaga olib kiriş mumkinligi haqidagi qoida 5-bandga hamda 9 - 12-bandlarga taalluqli.

Yaʼni eri xotini orqali (yoki aksinça) doimiy propiskaga kirsa, unda öşa 5-band bilan propiska olgan er özining barça farzandlarini propiskaga olib kirolMAYdi, faqat öz oilasiga ega bölmagan farzandlarinigina 2-band bilan propiskaga olib kirişi mumkin.

Xuddi şu qoida 9, 10, 11 va 12-bandlariga ham taalluqli. Ular ham faqat öz oilasi bölmagan farzandlarini olib kirişi mumkin.

Lekin köpçilik buni barça bandlarga taalluqli deb öylaydi va adaşadi.

Toşkentdan uy sotib olgan fuqaro (u xoh yangi, xoh ikkilamçi bozordan bölsin, farqi yöq) 1-band bilan propiskaga kiradi.

Şundan söng, ular özining töğri şajara böyiça birinçi va ikkinçi darajadagi BARÇA qarindoşlarini 2-band bilan propiskaga olib kirişi mumkin.

Asos: Qonun bilan tasdiqlangan röyxatning 2-bandi (u yerda barça qarindoşlar nazarda tutilgan)

Yaʼni Toşkentdan uy sotib olganlar özlarining barça farzandlarini, ularning öz oilasi bor yoki yöqligidan qatʼi nazar, 2-band bilan propiskaga olib kirişi mumkin.

Masalan, 80 yoşga kirgan otaxonning nomiga Toşkentdan uy olişsa, öşa otaxon özining barça farzandlarini (ularning yoşi 60 da bölsa ham farqi yöq) hamda barça nabiralarini (ularning soni 30 nafardan köp bölsa ham farqi yöq) 2-band bilan propiskaga olib kiriş huquqiga ega.

👆TAVSIYA: şu sababli ham agar zaruriyat bölsa, va asosiysi işonsangiz hamda kelgusida mulkiy nizo çiqmasligiga közingiz yetsa, Toşkentdan olinayotgan uyni imkon qadar ota-onangiz yoki bobo-buvingiz nomiga oling. Şunda köpçilik propiskaga kira oladi. Masalan, uyni ota-onangizning nomiga olsangiz, özingiz, farzandlaringiz, aka-uka va opa-singillaringiz, ularning farzandlari ham bemalol propiskaga kiradi. Agar uyni bobo-buvingiz nomiga olsangiz, unda özingiz, aka-uka, opa-singillaringiz bilan bir qatorda ota(ona)ngiz, amaki-amma (toğa-xola) va ularning farzandlari ham 2-band bilan propiskaga kira oladi.

❗️ESLATMA: amaliyotda ilgari IIV Migratsiya boşqarmasi boşliğining qonunga xilof körsatmasi asosida pasport stollar buni rad qilib kelişgandi. Ammo saʼy-harakatlarimiz natijasida fuqarolar ayni şu masala böyiça sudlaşib, içki işlar organlari ustidan ğolib çiqişgan va keyinçalik noqonuniy körsatma bekor qilingan.

Batafsil: t.me/xushnudbek/2597

Şunga köra, balki hozir ham zamondan orqada qolgan ayrim masʼullar 1-band bilan propiskaga kirgan fuqaroga faqat oilasi yöq farzandingizni propiskaga olib kira olasiz, deb notöğri aytayotgan bölişi mumkin. Kim şunday desa, işonib qolmang. Haqqingizni talab qiling. Qonunni yaxşi bilmaydiganlarga qonunni tuşuntiring.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek