Toşkentda propiska böyiça muhim maslahatlar

Matn19-sentabr, 2019, 20:303 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Propiska böyiça ayrim maslahatlar

👉 Toşkentda 1-band bilan propiskaga kirganlar ota-onasini, farzandlarini yoki nabiralarini 2-band bilan propiskaga olib kira oladi. Uşbu yaqin qarindoşlarning voyaga yetgan yoki yetmaganligi, oilasi bor yoki yöqligi mutlaqo ahamiyatga ega emas.

Agar pasport stoldagilar bu mumkin emas deyişsa, işonmang. Ular noqonuniy talabni aytişmoqda. Bunday vaziyatda mana bu yerda körsatilgan işlarni qiling.

👉 2, 5, 9-11-bandlar bilan propiskaga kirib, öz nomiga uy sotib olgan fuqarolarning propiskasi 1-bandga ötkaziladi. Ança avval yuqoridagi bandlar bilan propiskaga kirib, nomiga uy olib qöyganlar, Sizlar ham hafsala qilib, 1-bandga ötkazib qöying, foydasi bor. Buning uçun pasport stolga borib, propiskani 1-bandga ötkaziş töğrisida ariza qoldiring. Ular rad qilişga haqli emas;

👉 Toşkentdan yangi uy sotib olganlar 1-band bilan propiska qilinadi, buni bilasiz. Öşa yangi uyni bir neça kişi qöşilib sotib olsa, ularning barçasi (qarindoş böliş şart emas) 1-band bilan propiska qilinadi. Tölanadigan 5%lik davlat boji ham barçaga teng bölinadi, hamma alohida 5%dan tölamaydi. Şu sababli bir özi uy olişga qurbi yetmayotganlar işonçli insonlar bilan qöşilgan holda yangi uy sotib olişlari va barçasi birgalikda propiskaga kirişlari mumkin. Keyinçalik ular ikkilamçi bozordan arzonroq uy sotib olişlari mumkin böladi.

Şuningdek, öz nomiga yangi uy olayotganlar ota-onasini, aka-ukasini yoki turmuş örtoğini uy sotib oluvçilar safiga qöşib qöyişsa, ular ham 1-band bilan propiskaga kirişadi.

👉 11-band bilan (işxona orqali) propiskaga kirganlar agar öşa taşkilotda işlayotganiga 3 yil tölgan bölsa, propiskaga kirganiga qança vaqt bölganidan qatʼi nazar nomiga uy sotib olişlari mumkin. Masalan, 3 yildan ortiq öşa taşkilotda işlayotgan xodim bugun propiskaga kirsa, bugunoq nomiga uy sotib olişi mumkin. Uy albatta yangi bölişi şart emas, ikkilamçi bozordan ham mumkin.

Uy sotib olgaç esa, öşa xodim 1-band bilan propiskaga ötadi. Bundan asosiy foyda şuki, 11-band vaqtinçalik propiskaga öxşagan narsa, işdan ketgaç, propiska ham ketadi. Boz ustiga 11-band bilan kirganlar ota-onasi, oilasi bor farzandlarini propiskaga olib kira olmaydi. 1-band esa doimiy hamda töğri şajara böyiça yaqin qarindoşlarini bemalol propiskaga olib kira oladi;

👉 11-band bilan propiskaga kirganlar agar propiskaga kiritiş huquqiga ega 90 ga yaqin taşkilotlardan biriga işga ötsa, unda propiskasi avtomatik «köçib ötadi». Yangi taşkilotining rahbaridan yana tavsiyanoma olişi şart emas. Agar boşqa joyga işga ötsa, unda propiskasi bekor böladi.

👉 Aka-ukani qanday qilib propiskaga olib kiriş mumkin? Qonunçilik böyiça aka-ukalarni propiskaga olib kirib bölmaydi. Lekin buning yöli bor. Faqat köp vaqt ketadi.

Masalan, 11-band bilan propiskaga kirgan şaxs misolida körib çiqamiz. Eng avvalo şaxs 1-band bilan propiskaga ötişi kerak, yaʼni nomiga uy sotib olişi kerak. Şundan söng, u ota-onasini 2-band bilan olib kiradi. Söng 3 yil kutiş kerak. 3 yildan keyin ota-onasida uy sotib oliş huquqi paydo böladi. Ulardan biri yana boşqa uy yoki farzandining öşa uyini sotib oladi (hadya mumkin emas). Şundan keyin uy sotib olgan ota-ona 1-band bilan propiskaga kiradi. Ana şundan keyingina ular boşqa farzandlarini (biz misolida körayotgan şaxsning aka-uka yoki opa-singillarini) 2-band bilan propiska olib kira oladi.

Xullas, mana şunaqa çidab bölmas darajada byurokratiyadan ötiş kerak.

Ammo ming afsuski, Içki işlar vazirligi propiskani takomillaştiriş nomi bilan uşbu tartibga taqiq qöymoqçi. Yaʼni 2-band bilan kirganlar uy sotib olsa ham 1-bandga ötmasligini qonunçilikka taklif qilişgan. Bu esa amaliyotda aka-ukalarni propiskaga olib kiriş imkoniyatini töliqligiça çeklaydi.

«Lazeykaşunos»larga salomlar!

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek