Toşkent propiskasi va 5 foizlik davlat boji muammosi
Doimiy propiskani pullaşdan davlatga qança foyda?
Nega haliyam 5%lik davlat boji kuçda?
Toşkent şahri va Toşkent viloyati uçun doimiy propiska mana bir neça yillardan buyon aktual masala.
Bunaqa rasvo tizimdan kimga nima foydaligini haligaça tuşunmayman (menda doimiy propiska bor, alamzadalikdan aytmayapman buni). Foydani bilmadimu, lekin iqtisodçi, «Buyuk kelajak» ekspertlar kengaşi aʼzosi Behzod Hoşimov hammualliflikdagi maqolasida Toşkent propiskasining iqtisodiyotga salbiy taʼsiri haqida yaxşi maqola yozgandi.
Ilgari doimiy propiska şunçaki tösiq va taqiq bölgan bölsa, endilikda öziga xos biznesga aylangan.
Masalan, 2017-yil 19-iyul kuni «Toşkent Respublikasi»dan bölmagan «ajnabiy» Özbekiston fuqarolari uçun yangi qoida kuçga kirdi: eng kam oylik iş haqining 2500 baravaridan qimmatroqqa yangi uy sotib olganlarga Toşkent propiskasi beriladi. Öşa paytda bu miqdor 374 mln sömni taşkil etar edi. Bu qaror qimmat uy-joy quradigan tadbirkorlarning lobbisi bölmagan edi, işonamiz.
Uşbu qarorda Hukumat nafaqat elit toifadagi tadbirkorlar, balki davlat byudjetini ham «unutib qöymadi». Yaʼni notariuslar uy-joy oldi-sotdisining 5%i miqdorida davlat boji undira boşladi. Öşa paytda bu 18 mln 721 ming sömni taşkil qilardi, 1 mlrd sömlik uy olsa 50 mln sömga aylanardi. . Mömay daromad, şunday emasmi?
Yaqinda qarorga özgariş kiritildi. Xususan, endilikda «Toşkent Respublikasi»da doimiy propiska oliş uçun albatta EKIHning 2500 baravaridan kam bölmagan uy oliş tartibi bekor qilindi. Buning uçun qiymati qança bölişidan qatʼi nazar qurilganiga 3 yil bölmagan köçmas mol-mulk sotib olsa kifoya.
Ammo 5%lik davlat boji saqlab qolindi. Kamiga davlat boji EKIHning 10 baravaridan kam bölmasin, deya belgilaşdi.
Bu nima degani?
Masalan, maʼlumotlarga qaraganda, Sirğali tumanida qurilayotgan 72 kv.m maydonga ega yoşlar uyi 272 mln 862 ming sömga baholanayotgan ekan. Keling, xuddi şu uy uçun davlat boji doimiy propiskasi bor va yöqlar uçun qançaga aylanişini hisoblab köramiz.
Davlat boji stavkalari böyiça, agar şu uyni doimiy propiskaga ega «Toşkent Respublikasi» fuqarosi sotib olsa, davlatga 202 ming 730 söm boj tölaydi.
Xuddi şu uyni doimiy propiskasi yöq (balki Toşkentda 10-15 yildan buyon yaşayotgandir, kim bilsin) boşqa fuqaro (u Özbekiston fuqarosi, lekin Toşkentniki emas) sotib olsa, davlatga 13 mln 643 ming 100 söm boj tölaydi.
Hukumat bitta uy uçun özining fuqarolariga (!) ikki xil narxda boj belgilayapti va bu farq ming emas, bir neça millionlarni taşkil etyapti. Vaholanki, ikkalasi ham teng huquqli fuqaro, ikkalasi ham teng soliqlar tölaydi, ikkalasi ham saylovda bir xil ovozga ega, ikkalasining ham bir xil pasporti bor.
Bu hali hammasi emas. Mabodo öşa sotib olingan uyni 3 yil içida boşqa şaxsga sotiş zaruriyati tuğilib qolsa (issiq jon, hayot beşavqat, kimgadir “sroçno” pul kerak bölişi mumkinku), unda bu ham ikki xil baholanadi.
Doimiy propiskaga ega «oqsuyaklar» öz uylarini 3 yil içida sotmoqçi bölsa, davlatga yana öşa EKIH 1 baravari, yaʼni 202 ming 730 söm boj tölaydi.
Lekin yangi uy sotib olib, Toşkentda doimiy propiskaga ega çiqqan Özbekiston fuqarosi şu uyni 3 yil içida birovga sotmoqçi bölsa, EKIHning 400 baravari, yaʼni 81 mln 92 ming söm (!!!) davlat boji tölaydi.
Yana qaytaraman, bu ikkisi ham Özbekistonning teng huquqli fuqarolari. Ular ikkisi ham oxirgi varağiga «Uşbu pasport egasi Özbekiston Respublikasi himoyasidadir» deb yozilgan bir xil pasportga ega. Ularning asosiy farqi pasportining 7-10 varağidagi ştamplarda xolos. Ming afsuski, mana şu birgina ştamp tufayli fuqarolarning biri ikkinçisidan 400 baravar qadrsizroq.
Xullas, şunaqa gaplar. Aytgança, Özbekistonda inson huquqlari böyiça xalqaro forumlar ötkazilyapti. Va xalqaro ekspertlar Özbekistonning inson huquqlarini taʼminlaşda erişgan yutuqlarini maqtaşyapti. Yutuqlarimiz bardavom bölsin.
P.S.: Bularning barçasi dil tubidan otilib çiqqan IMXOlar xolos. Tağin könglingizga oğir olib yurmang, uy quruvçilar...
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

