Soliq kodeksidagi özgarişlar va INPS tizimi tahlili
Soliq qonunçiligidagi özgarişlar haqida fikrlar
Bugundan boşlab imkon doirasida yangi tahrirdagi Soliq kodeksi haqidagi turkum fikrlarni berib borişga harakat qilaman.
INPS va «Xalq banki»ning boş oğriği
Maʼlumki, 2018-yildan boşlab jami daromadimizning 2 foizi Xalq bankidagi şaxsiy jamğarib boriladigan pensiya (INPS) hisobiga ötardi (2005-2017-yillarda 1% edi). Va bu summa «Xalq banki»da töplanib, pensiyaga çiqqanda birvarakayiga hamma jamlangan summa berilardi. Pensiyaga çiqqandan keyin uşbu pulni olsak, bu biz uçun DAROMAD hisoblanardi. Hozirgi Soliq kodeksining 179-moddaning 27-bandiga köra, uşbu pullar daromad soliğidan ozod edi.
Yangi loyiha böyiça INPSga 2019-yildan 0,1% pul ötişi belgilanmoqda. Bu nima degani?
Biz uçun arzimagan köringan summa Respublika miqiyosida milliard va trilliardga aylanardi. «Xalq banki» mazza qilib bu pulni işlatardi. «Oborot» qilardi va boşqa bank maqsadlariga sarflardi. Bugun ötkazadigan 50 ming söm pulimizni 30 yildan keyin yana 50 ming söm qilib qaytarardi. Naqadar dahşat - 30 yillik inflyatsiyani öylayvering. U paytga kelib “kopeykaga” aylanadi bu pul. Yana bir tomoni hamma ham uşbu pullarni olişni talab qilavermasdi, köpinça bu pullar «Xalq banki»da qolib ketardi (asosan şaxsning vafot etişi natijasida).
2019-yildan INPSning 0,1% bölgani işçilarga deyarli issiq-sovuği yöq.
Faqat bir jihati borki, ayrim aqlli odamlar iş haqidan majburiy ötkaziladigan 2% ajaratmadan taşqari qöşimçasiga öz ixtiyori bilan iş haqidan yana bir munça miqdorni töğridan-töğri INPSga ötkazardi. Bu qöşimça ötkazilgan summa ham daromad soliğidan ozod etilardi. Odatda bu işni pensiya yoşiga yaqin qolganlar qilardi, çunki qançadir foiz daromad soliği tölamasdi, lekin yillik inflyatsiya hisobiga qisman boy berardi ham, umumiy natijada unça yuqori bölmagan foydada çiqardi.
Yangi loyihada INPSga ixtiyoriy ötkaziladigan mana şu qöşimça mablağlar uçun imtiyoz bekor qilinyapti va daromad soliğiga tortiladi.
XULOSA: INPSga majburiy ajratma 2%dan 0,1%ga aylangani «Xalq banki»ga juda katta zarba böladi, tuşumlar yaxşigina kamayadi. Bundan taşqari ixtiyoriy ötkazuvçilar kelgusi yildan batamom qolmaydi. Natijada şundoğam ahvoli havas qilarli bölmagan «Xalq banki» iqtisodiy tanazzulga yuz tutiş ehtimoli yöq emas. Balki davlat uşbu bankka boşqaça rağbat berar. IMXO, albatta.
Uşbu turkum postlar soliq sohasi mutaxassislari bilan hamkorlikda tayyorlanmoqda.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

