Pensiya va nafaqalarni kartada oluvçilarga 1% qöşib beriladi
❗️Notöğri tuşunmang: pensiya va nafaqalarni plastik kartada oluvçilarga davlat 1% miqdorida qöşimça tölov qöşib beradi. Bu yaxşi xabar!
Prezidentning tegişli qarori bilan 2022-yil 1-maydan boşlab:
➖ pensiya va nafaqa tölovlari uçun zarur mablağlar har oyning 5-sanasigaça moliyalaştiriladi;
➖ pensiya va nafaqalar hamda moddiy yordam pullarini naqd pulda yetkazib beriş xizmatlari uçun 1 foiz miqdorda AT “Xalq banki”ga xizmat haqi tölab beriladi;
➖ sayyor kassalar mahalla fuqarolar yiğinlariga borgan holda pensiya va nafaqa oluvçilarning kartalaridagi mablağlarini ularning xohişlariga köra naqd pulga almaştirib beradi;
➖ pensiya va nafaqalarni bank kartalari orqali oluvçilarga har oylik pensiya va nafaqa pulining 1 foizi miqdorida qöşimça tölov joriy qilinadi.
‼️ Yaʼni pensionerlar kartasiga 1% ortiqça pul kelib tuşadi.
Agarda pensiya va nafaqa mablağlari bank kartalari orqali olinsa va kartadagi mablağ naqdlaştirilmasdan foydalanilsa, uşbu 1 foiz miqdorida beriladigan qöşimça mablağ pensioner ixtiyorida qoldirilişi nazarda tutilgan.
Mabodo pensioner mablağini bankomatdan naqdlaştirib olaman desa, öşa qöşib berilgan 1% yeçib olinadi. Yaʼni bunda pensionerning baʼzaviy pensiya mablağiga umuman tegilmaydi.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1192


