Pensiya va nafaqalar miqdori 12 foizga oşirildi
Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qöllab-quvvatlaş böyiça Prezident farmoni
👉 2022-yil 1-maydan boşlab yoşga doir, nogironlik va boquvçisini yöqotganlik pensiyalari miqdori 12 foizga oşiriladi va Özbekiston Respublikasi hududida:
➖ pensiyani hisoblaşning bazaviy miqdori – oyiga 324 000 söm;
➖ yoşga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 633 000 söm;
➖ nogironlik pensiyalari, jumladan, iş staji töliq bölmagan çoğdagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – oyiga 698 000 söm;
➖ mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bölgan şaxslarga beriladigan nafaqa miqdori – oyiga 698 000 söm;
➖ 1941-1945-yillardagi uruş oqibatida nogiron bölgan şaxslar va uning qatnaşçilari, şuningdek, faşistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad şahri qamal qilingan davrda işlagan şaxslarning eng kam pensiya miqdori ustamalarni inobatga olgan holda – oyiga 3 080 000 söm;
➖ belgilangan yoşga doir eng kam pensiya miqdoridan (633 000 sömdan) 698 000 sömgaça pensiya oluvçilarning yoşga doir pensiyalari miqdori – oyiga 698 000 söm etib belgilandi.
👉 Pensiyalar va ijtimoiy nafaqalarni minimal isteʼmol xarajatlari qiymatidan kam bölmagan miqdorlarda belgilaş maqsadida 2022-yil 1-maydan boşlab:
— zarur iş stajiga ega bölmagan keksa yoşdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori – oyiga 500 000 söm;
— iş staji töliq bölmagan çoğdagi yoşga doir pensiyaning eng kam miqdori qöşimça tölovni hisobga olgan holda – oyiga 500 000 söm;
— boquvçisini yöqotganlik nafaqasi oluvçilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uçun nafaqa miqdori – oyiga 500 000 söm etib belgilandi va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uçun – 185 000 sömdan qöşiladi;
— boquvçisini yöqotganlik pensiyasi oluvçilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uçun pensiyaning eng kam miqdori – oyiga 500 000 söm etib belgilandi va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uçun amaldagi tartibga muvofiq pensiya tölanadi.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 716


