Homiladorlik va tuğiş nafaqasi böyiça yangi qoidalar
Homiladorlik va tuğiş nafaqasi böyiça yangi qoidalar maʼlum böldi. Yangilik faqat nodavlat taşkilotlar xodimlariga taalluqli
Prezident farmoni bilan tasdiqlangan Özbekiston aholisini ijtimoiy himoya qiliş strategiyasini 2022-2023-yillarda amalga oşiriş böyiça “Yöl xaritasi" 12-bandida Hukumatga quyidagilar nazarda tutilgan vaqtinçalik nizomni tasdiqlaş topşiriği berilgan:
➖budjet taşkilotlaridan taşqari barça yuridik şaxslarda mehnat şartnomasi böyiça oxirgi 6 oy davomida uzluksiz iş stajiga ega bölgan xodimlarga har oy uçun minimal isteʼmol xarajatlari miqdoridan kelib çiqqan holda homiladorlik va tuğiş nafaqasining bir qismi tölanadi;
➖fuqaroning iş stajida 1 oygaça bölgan tanaffuslar mavjud bölsa uşbu tanaffuslardan bevosita oldingi va bevosita keyingi oylar ketma-ket iş stajini hisoblaşda qöllaniladi;
➖işlovçi ayollarga homiladorlik va tuğiş nafaqasi belgilangan miqdorining qolgan qismi uning iş haqidan kelib çiqib, iş beruvçilar hisobidan tölanadi;
➖budjet taşkilotlaridan taşqari barça yuridik şaxslarda mehnat şartnomasi böyiça haq evaziga töliq yoki töliqsiz iş vaqti şartlari asosida işlayotgan xodimlarga umumiy iş staji va şaxsiy jamğarib boriladigan pensiya hisobvaraqalariga ötkaziladigan majburiy oylik badallari hisoblanadigan örtaça oylik iş haqi miqdoridan kelib çiqib, homiladorlik va tuğiş nafaqasi tölaş nazar tutiladi.
❗️Demak, budjet taşkilotlari xodimlari uçun homiladorlik va tuğiş nafaqasi tölanişida deyarli heç qanday özgariş bölmaydi. Ammo budjet taşkiloti bölmagan, taşkiliy şaklidan qatʼi nazar, barça yuridik şaxslar xodimlari bölgan ayollarga 2022-yil 1-sentabrdan boşlab Ijtimoiy suğurta jamğarmasi hisobidan kafolatlangan nafaqa tayinlaş (bir qismini) tizimi yölga qöyiladi.
👉 @xushnudbek 👈


