Özbekistonda pensiya yoşi özgardimi

Matn23-mart, 2019, 16:183 daqiqa0 koʻrish

Özbekistonda pensiya yoşi özgardimi?

❗️Yöq, özgarmadi.

Biroz avval ayrim saytlar va Telegram kanallar «Özbekistonda pensiya yoşi özgardi» deya xabar berişmoqda (ayrimlari eʼtirozdan keyin xabarni öçirişdi/tahrirlaşdi ham).

Bu yerda tuşunmovçilik kelib çiqmoqda, pensiya yoşiga doir heç narsa özgarmadi.

Unda nima böldi?
Tuşuntirişga harakat qilaman.

Nogironligi bölgan farzandlarning onalarini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş maqsadida Vazirlar Mahkamasining 18-martdagi qarori bilan ayrim hujjatlar özgariş kiritildi.

Xususan, 2011-yil 7-apreldagi VM qarori bilan tasdiqlangan «Pensiya tayinlaş uçun zarur bölgan iş stajiga ega bölmagan qariyalarga va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar tayinlaş va tölaş tartibi töğrisida nizom»ga ham özgariş kiritildi.

Bu nizom kimlarga taalluqli edi?

1) pensiya tayinlaş uçun zarur bölgan iş stajiga ega bölmagan qariyalar;
2) mehnatga layoqatsiz fuqarolar.

Nimalar özgardi?

Özgarişga köra, endilikda bolalikdan nogironligi bölgan farzandi bor onalarga ham nafaqa beriladigan böldi.

Nizomning 6-bandiga köra, yoşga doir nafaqalar:
erkaklarga — 65 yoşga yetganlarida;
ayollarga — 60 yoşga yetganlarida tayinlanadi.
(yaʼni bu band azaldan bor edi, yangi qöşilgani yöq)

Mana şu bandga 3-xatboşi qöşildi:
bolalikdan nogironligi bölgan farzandi bor onalarga — 55 yoşga yetganlarida tayinlanadi.

Körib turganingizdek, pensiyaga staji yetmaydigan ayollar ilgari 60 yoşdan nafaqa olgan bölsa, nogiron farzandi bor onalarga yengillik berilib, garçi staji bölmasa ham, ular 5 yil oldin, 55 yoşdan nafaqa oladigan böldi.

Jurnalistlar nega adaşişdi?

Hamma masala şundaki, pensiya va nafaqa örtasida farq borligini köpçilik ham bilavermaydi. Pensiya boşqa narsa, nafaqa boşqa narsa. Köpçilik hatto yoşga doir pensiyaga çiqqan bölsa ham, «pensioner» desam, rusça bölib qoladi, deb öylab, «nafaqaxörman» deyişadi. Bu notöğri. Bemalol «pensionerman» deyaveriş kerak, qonunan şunisi töğri.

Qanday pensiya turlari bor?

👉 yoşga doir pensiya;
👉 nogironlik pensiyasi;
👉 boquvçisini yöqotganlik pensiyasi.

Qanday nafaqa turlari bor?

- vaqtinça mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi;
- homiladorlik va tuğiş nafaqasi;
- bola tuğilganda beriladigan nafaqa;
- dafn etiş marosimi uçun beriladigan nafaqa;
- işsizlik nafaqasi;
- işdan böşatiş nafaqasi;
- xodimning vafoti munosabati bilan bir yöla beriladigan nafaqa;
- yoşga doir nafaqa;
- nogironlik nafaqasi (bolalikdan nogironlardan taşqari);
- boquvçisini yöqotganlik nafaqasi va h.k.

Qanday farqi bor?

Misol uçun, tuşuntiraman:

Yoşga doir pensiya oliş huquqiga:
erkaklar — 60 yoşga tölganda va iş stajlari kamida 25 yil bölgan taqdirda;
ayollar — 55 yoşga tölganda va iş stajlari kamida 20 yil bölgan taqdirda ega böladilar.

Yoşga doir nafaqa oliş huquqi esa, iş stajiga ega bölmagan;
erkaklarga — 65 yoşga yetganlarida;
ayollarga — 60 yoşga yetganlarida;
bolalikdan nogironligi bor farzandi bor onalarga — 55 yoşga yetganlarida tayinlanadi.

❗️Maʼlumot uçun: pensiya yoşi faqat qonun bilan özgartiriladi, Vazirlar Mahkamasining bunga vakolati yöq.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek