Xorijdagi özbeklar uçun yangi maslahatlar kanali

Matn23-mart, 2019, 12:341 daqiqa0 koʻrish

​​Xorijdagi özbeklardan maslahatlar

Qadrdon döstimiz Sarvar Jalilov yaqinda Turkiyada 12 kun safarda bölib qaytdi. Sarvar aka safari davomida döstlari, yaqinlariga rasmlar, videolarni alohida taşlab ötirmaslik uçun bitta yopiq kanal oçib qöygandi.

Kanalda Turkiya haqida ança qiziq maʼlumotlar, reportajlar berib borildi.

Safar tugadi. Kanal ham öz-özidan töxtadi.

Şunda öylab qoldik, nima uçun mana şu tajribani kengroq yoyib, öşa kanalda boşqalarning ham maslahatlarini berib bormasligimiz kerak?

Axir qançadan-qança yurtdoşlarimiz sayohatga çiqadi, xorijda doimiy yoki vaqtinçalik istiqomat qilişadi. Ular ham öz tajribalari bilan örtoqlaşişsa, buning nimasi yomon?

Kelgusida öşa joyga safarga boradiganlar uçun foydasi tegişi mumkinku, töğrimi?

Şuning uçun kanal nomini @xorijdagilar deb özgartirdik.

Öz maslahatlarini yubormoqçi bölganlarga esa @xorijdagilar_bot degan maxsus bot yaratildi.

Siz ham xorijda bölganmisiz? Yoki hozir ham xorijdamisiz? Unda Siz ham tajribangizni biz bilan örtoqlaşing. Foto va videolar bölsa, yanada yaxşi.

Barçani «🇺🇿 Xorijdagi özbeklar» kanaliga çorlab qolamiz!

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek