Özbekistonda referendum ötkaziş tartibi va qoidalari
Referendum haqida nimalarni bilasiz?
Mavzu oçilgani uçun referendum haqida maʼlumot bermoqçiman.
Huquqiy asos
«Özbekiston Respublikasining referendumi töğrisida»gi Qonunda referendum ötkaziş tartibi bayon qilingan.
Qanday masalalar referendumga qöyiladi?
Jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari fuqarolarning umumxalq ovoziga qöyiladi. Referendumda qabul qilingan qarorlar oliy yuridik kuçga ega böladi va faqat referendum yöli bilan bekor qilinişi yoki özgartirilişi mumkin.
Qanday masalalarni referendumga qöyiş mumkin emas?
👉 Özbekistonning hududiy yaxlitligini özgartiriş;
👉 Özbekiston Davlat byudjeti va soliqlar;
👉 amnistiya va afv etiş;
👉 jamoat tartibini, aholi soğliği va xavfsizligini taʼminlaş böyiça favqulodda va şoşilinç çora-tadbirlar ötkaziş;
👉 Özbekistonning xalqaro şartnomalaridan kelib çiqadigan majburiyatlarni bajariş;
mansabdor şaxslarni tayinlaş va vazifasidan ozod etiş.
Referendum ötkazilişini istisno etadigan holatlar
Özbekistonning butun hududida joriy etilgan harbiy vaqt yoki favqulodda holat şaroitlarida, şuningdek harbiy vaqt tugagan yoki favqulodda holat bekor qilingandan keyin uç oy davomida referendum ötkazilmaydi.
Referendum natijalari rasman eʼlon qilingandan keyin bir yil davomida mazmun yoki maʼnosiga köra xuddi şunday savol qöyilgan referendum ötkazilmaydi.
Kimlar referendum ötkaziş taşabbusi bilan çiqişi mumkin?
👉 Özbekiston fuqarolari;
👉 Oliy Majlis palatalari;
👉 Özbekiston Prezidenti.
Fuqarolar qay tartibda taşabbus bildira oladi?
Özbekiston fuqarolari agar, referendumda iştirok etiş huquqiga ega bölgan fuqarolar umumiy sonining kamida 5 foizini taşkil etgan fuqarolar imzosi töplangan bölsa referendumni ötkaziş taşabbusi huquqini amalga oşiradilar.
Buning uçun yana bir şarti — har bir maʼmuriy-hududiy tuzilma böyiça bir tekis va mutanosib ravişda taqsimlangan bölişi kerak. Yaʼni Toşkent şahrida 3 mln, Sirdaryoda 10 ming kişi imzo qöygan bölsa, hisobmas.
Qança imzo kerak?
2016-yilgi Prezidentlik saylovida rasman ovoz beriş huquqiga ega fuqarolar soni 20 million 461 ming 805 nafarni taşkil etgandi.
Uşba raqamning 5 foizini çiqarsak – taxminan 1 mln çiqadi.
Agar uşbu raqamni maʼmuriy-hududiy birliklar kesimida 14 ga bölsak, 73 ming kişi böladi.
Demak, Qoraqalpoğiston, viloyatlar va Toşkent şahrining har biridan kamida 73 ming kişi qaysidir muhim masalani umumxalq ovoziga qöyiş taşabbusini körsatib imzo qöyib bersa, referendum ötkazilişi kerak böladi.
Albatta, imzo yiğişning öziga xos tartiblari bor, bu haqida köp töxtalmoqçi emasman.
Referendumni kim tayinlaydi?
Referendum Oliy Majlis tomonidan tayinlanadi.
Özbekiston Prezidenti referendum ötkaziş taşabbuskori bölgan taqdirda u Oliy Majlisga murojaat etişi yoki referendum ötkaziş töğrisida öz qarorini qabul qilişi mumkin.
Referendum natijalarining majburiyligi
Referendumda qabul qilingan qaror Özbekistonning butun hududida majburiy kuçga ega böladi va davlat hokimiyati organlarining hujjatlari bilan biron-bir tarzda tasdiq talab qilmaydi.
Özbekiston qonunlari va boşqa normativ hujjatlari referendum qaroriga muvofiqlaştirilmoği lozim.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

