Konstitutsiyaga özgartiriş kiritiş tartibi va muhokamasi

Matn23-dekabr, 2020, 21:052 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Menimça, Konstitutsiyaga özgariş kiritiş haqidagi oxirgi postim

Qonunçilik palatasi Spikerining birinçi örinbosari Akmal Saidovning Konstitutsiyamizning 128-moddasi böyiça aytgan fikrlarini qöllab-quvvatlayman (videosi pastda). Xuddi şu fikrni deputatimiz Şuhrat Polvonov ham öz maqolasida aytgan edi.

Yaʼni 128-moddadagi «Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tegişli taklif kiritilgandan keyin olti oy mobaynida Konstitutsiyaga özgartirişlar hamda tuzatişlar kiritiş töğrisida keng va har taraflama muhokamani hisobga olgan holda qonun qabul qilişi mumkin», degan norma "olti oy muhokama bölişi şart" deya notöğri talqin qilinmasligi kerak.

Moddani quyidagiça qismlarga bölib tahlil qilamiz:

Kim: Oliy Majlis
Qaçon: tegişli taklif kiritilgandan keyin
Qança muddatda: olti oy mobaynida
Nimani: Konstitutsiyaga özgartirişlar hamda tuzatişlar kiritiş töğrisidagi qonunni
Nima qilişi mumkin: qabul qilişi mumkin
Nimani hisobga olişi kerak: keng va har taraflama muhokamani

Körib turganingizdek, bu yerda muhokamaga nisbatan muddat qöyilayotgani yöq. Bu borada, menimça, ortiqça muhokamaga hojat bölmasa kerak (yana ham rasmiy şarhni faqat Konstitutsiyaviy Sud berişi mumkin).

❗️Asosiy savol boşqa: Konstitutsiyaga özgariş kiritiş masalasi keng va har taraflama muhokama bölmagani haqida gap ketmoqda. Axir Konstitutsiyaga özgariş kiritiş töğrisidagi qonun loyihasi jamoatçilikka oçiq eʼlon qilinmasdan turib, qanaqasiga keng va har taraflama muhokama bölişi mumkin?

Konstitutsiyaga kiritilişi kerak bölgan kiçik bir nuqtani ham oçiq-oşkora, butun xalq bilan muhokama qiliş tarafdoriman. Qonun loyihasi rasmiy OAVlarda, gazeta-jurnallarda, saytlarda eʼlon qilinsin. TVda mutaxassislar iştirokida tok-şoular bölsin. Jonli efirda matbuot anjumanlari taşkil qilinsin. Ijtimoiy sörovnomalar, tadqiqotlar ötkazilsin. Maxsus portalda fuqarolar tomonidan loyihaga qoldirilgan izohlar yana bir marta ekspertlar iştirokida körib çiqilsin. Lekin bularning barçasi qonun loyihasi hali Qonunçilik palatasida qabul qilinmasidan oldin bölişi kerak.

Mabodo jamoatçilik şundan keyin ham özi qiziqmasa, fikr bermasa, ana unda aytsa, böladi, "biz şunça joyda eʼlon qildik, qiziqmasanglar nima qilaylik" deb.

❗️Konstitutsiyani eng oliy hujjat sifatida körişga örganişimiz kerak, uni özgartirilayotganidan mamlakatning har bir fuqarosi xabardor bölişi, şunga yaraşa şaroitlar yaratilişi lozim.

Özi umuman mana bu yerda aytgan fikrlarimni yana bir bor taʼkidlamoqçiman. Qonunçilik palatasi va Senat qonun qabul qilinişining barça bosqiçlarida loyihalarning töliq matnini öz saytida eʼlon qilib borişi kerak. Şunda dastlabki versiyadagi qonunlar Parlamentda qay darajada "pişitilib", takomillaştirilib, keyin imzoga çiqarilişini kuzatiş mumkin böladi. Şunda deputatlar va senatorlarning işlari ham körinadi. «Har qanday qonunni qöl kötarib tasdiqlaşadi» degan tanqidlarga javob bölardi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek