Bahorgi semestr uçun öqişni köçiriş tartibi eʼlon qilindi

Matn23-dekabr, 2020, 17:572 daqiqa0 koʻrish

​⚡️Bahorgi semestr uçun uzrli sabablarga köra öqişini köçirmoqçi bölgan talabalar diqqatiga!

Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligining xabar berişiça, uzrli sabablarga köra öqişni köçiriş töğrisidagi arizalarni qabul qiliş böyiça hududiy işçi guruhlari faoliyati yölga qöyilgan (işçi guruhlar röyxati pastda).

⚠️ Hududiy işçi guruhlari 2020-yilning 20-dekabridan 2021-yilning 25-yanvar kuniga qadar (öşa kuni ham) faoliyat körsatadi.

Nizomga muvofiq talabalar öquv yilining örtasida faqat quyidagi uzrli sabablarga köra öqişini köçiriş töğrisida ariza topşirişlari mumkin:

- talaba bir hududdan ikkinçi hududga doimiy yaşaş uçun yoki turmuşga çiqiş munosabati bilan köçib ötganda;
- talabaning turmuş örtoği yoki ota-onasi harbiy xizmat ötaş joyini özgartirganda;
- talabaning ota-onasi (turmuş örtoği) xorijdagi davlat xizmatidan qaytganda.

❗️Uşbu sabablardan boşqa holatlarda talabalar umumiy tartibda har yili 15-iyuldan 5-avgustga qadar ariza bilan murojaat qilişlari mumkin. Boşqaça aytganda yuqoridagi 3 ta sabab bölmasa, öquv yilining örtasida öqişni köçirib bölmaydi.

Fuqarolar uzrli sabablarga köra öqişni köçiriş böyiça hududiy işçi guruhlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etişlari lozim:

- öqişni köçiriş böyiça ariza (ariza blankasi hududiy işçi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida töldiriladi);
- talabaning reyting daftarçasi yoki belgilangan şakldagi akademik maʼlumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bölsa yetarli);
- pasport nusxasi;
- yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovçi tegişli hujjatlar.

Öqişni qayta tiklaş böyiça (köçirib tiklaş bundan mustasno) arizalar talabaning çetlatilganligiga neça yil bölganligidan qatʼiy nazar bevosita muayyan OTMga taqdim etiladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek