Öqişni köçiriş böyiça arizalarni tahrirlaş muddati eʼlon qilindi
Öqişni köçiriş böyiça ariza bergan fuqarolar diqqatiga!
Öqişini köçiriş yoki tiklaş istagida bölgan talabgorlar (xoh xorijdan, xoh mahalliy OTMlardan) transfer.edu.uz sayti orqali 5-avgustga qadar ariza yuborgan edi. Onlayn röyxatdan ötgan fuqarolarning arizalari töliq körib çiqildi. Ayrim arizalar kamçiliklari borligi sabab RAD ETILDI.
❗️ Rad etilgan arizalarning kamçiliklarini töğrilaş mumkin. Buning uçun transfer.edu.uz saytidagi şaxsiy kabinetga kirib, ariza holatini tekşiriş kerak, agar rad etilgan bölsa, körsatilgan kamçilikni bartaraf etiş uçun tahrirlaş lozim.
‼️Arizani tahrirlaşning sönggi muddati 25-avgust kuni soat 23:59-gaça.
☝️Uşbu muddatdan söng kamçiliklarni bartaraf etişga (arizani tahrirlaşga) yöl qöyilmaydi. Kamçiliklari bartaraf etilmagan ARIZALAR KÖRIB ÇIQILMAYDI.
⛔️ Şu bilan birga, 2020-yilning bahorgi semestrida qöşni davlatlardan respublika oliy taʼlim muassasalariga öqişi köçirilişiga ruxsat etilgan ammo belgilangan tartibda buyruq asosida talabalikka qabul qilinmagan talabalar öqişini qayta köçirilişiga ruxsat etilmaydi.
Qabul qilingan aksariyat hujjatlar quyidagi sabablarga köra qayta tahrirlaş uçun qaytarildi:
🔹 pasport nusxasi (doimiy yaşaş manziliga röyxatga qöyilgan beti bilan birga) töliq yoki sifatli yuklanmagan (zero öqişni köçiriş töğrisidagi murojaatlarni körib çiqişda talabaning doimiy yaşaş manzili asoslovçi sabablardan biridir);
🔹 OTMda öqiyotganlik (öqiganlik) töğrisidagi belgilangan şakldagi hujjat (akademik maʼlumotnoma yoki reyting daftarçasi yoki transkript) nusxasi töliq yoki sifatli yuklanmagan;
🔹 öqigan (öqiyotgan) OTM yoki taʼlim yönalişi nomi töliq kiritilmagan;
🔹 mavjud bölmagan OTM yoki taʼlim şakli yoki taʼlim yönalişiga köçiriş böyiça röyxatdan ötilgan.
👉 @xushnudbek 👈


