Öqişni köçiriş böyiça muddatlar va bosqiçlar
Öqişni köçiriş böyiça muddatlar
#öqişniköçiriş
Öqişni köçiriş uçun qaçon ariza topşirsam böladi, degan savollar ham juda köp beriladi. Bugun şu haqida maʼlumot beramiz.
Öqişini köçiriş va qayta tiklaş quyidagi 9 ta bosqiçda amalga oşiriladi. Bular quyidagilar:
Kuzgi semestr böyiça
1️⃣-bosqiç: 15-iyungaça
Hududlardagi qaysidir bitta OTMda hamda vazirlikda faoliyat yuritadigan Işçi guruh taşkil etiladi.
2️⃣: 15-iyuldan 5-avgustgaça
Talabalardan arizalar qabul qiliş
3️⃣: 5-avgustdan 30-avgustgaça
Arizalar yuzasidan qaror qabul qilinadi va fuqaroga javob xati yöllanadi.
4️⃣: 2-sentabrdan 10-sentabrgaça
Köçiriş (qayta tiklaş) masalasi ijobiy hal etilgan taqdirda, OTM rektorining buyruği bilan talaba darslarga qöyiladi hamda uşbu talaba ilgari taʼlim olgan OTMga uning şaxsiy yiğma jildini jönatiş uçun sörovnoma yuboriladi.
5️⃣: 1-oktabrgaça
Kontraktdagilar tölovni öz vaqtida amalga oşirganidan keyin talabalar safiga qabul qiliş töğrisidagi buyruq çiqariladi.
Bahorgi semestr böyiça
6️⃣: 15-yanvardan 25-yanvargaça
Talabalardan arizalar qabul qiliş
7️⃣: 25-yanvardan 15-fevralgaça
Arizalar yuzasidan qaror qabul qilinadi va fuqaroga javob xati yöllanadi.
8️⃣: 15-fevraldan 25-fevralgaça
Uzrli sabablar bilan bahorgi semestrda köçiriş masalasi ijobiy hal etilgan taqdirda, OTM rektorining buyruği bilan talaba darslarga qöyiladi hamda uşbu talaba ilgari taʼlim olgan OTMga uning şaxsiy yiğma jildini jönatiş uçun sörovnoma yuboriladi.
9️⃣: 1-martgaça
Kontraktdagilar tölovni öz vaqtida amalga oşirganidan keyin talabalar safiga qabul qiliş töğrisidagi buyruq çiqariladi.
Keyingi postlarda öqişni köçiriş töğrisida ariza beriş tartibi va şartlari haqida maʼlumot berişga harakat qilaman.
Kanalga ulaniş:
👉 @xushnudbek 👈

