Öqişni bir taʼlim şaklidan boşqasiga köçiriş tartibi
Öqişni köçiriş (perevod) masalasida
Talabalardan har kuni öqişni köçirişga oid juda köp savollar kelib tuşadi. Har biriga alohida javob berib çiqiş imkonim yöq, şu sababli mazkur mavzuga oid turkum maʼlumotlarni navbati bilan berib borişga harakat qilaman.
Şuningdek, #öqişniköçiriş orqali maʼlumotlar bilan tanişib borişingiz mumkin.
Bir taʼlim şaklidan boşqasiga öqişni köçirsa böladimi?
Bu eng köp beriladigan savollardan biri. Masalan, kunduzgidan keçkiga ötkazsa böladimi, sirtqidan kunduzgigaçi va h.k.
Ha, bir taʼlim şaklidan boşqasiga öqişni köçiriş mumkin, lekin barça hollarda ham emas. Quyida birma-bir körib çiqamiz.
👉 Kunduzgi taʼlimdan quyidagilarga köçiriş ruxsat etiladi:
• kunduzgi;
• sirtqi;
• keçki (smenali).
Kunduzgi taʼlimdan maxsus sirtqiga köçirib bölmaydi.
👉 Sirtqi taʼlimdan ruxsat etiladi:
• sirtqi (faqat bir taʼlim sohasi doirasida);
• keçki (smenali).
Sirtqi taʼlimdan kunduzgi hamda maxsus sirtqi taʼlimga köçirib bölmaydi.
👉 Keçki taʼlimdan ruxsat etiladi:
• keçki taʼlim (faqat bir taʼlim sohasi doirasida);
• kunduzgi.
Keçki taʼlimdan sirtqi hamda maxsus sirtqi taʼlimga köçirib bölmaydi.
👉 Maxsus sirtqi taʼlimdan boşqa taʼlim şakliga köçirib bölmaydi, öz navbatida boşqa taʼlim şakllaridan maxsus sirtqiga köçiriş talabi ham rad etiş uçun asos böladi. Faqat maxsus sirtqida bir taʼlim sohasi doirasidagina köçirişga ruxsat etiladi.
👉 Şuningdek, maqsadli qabul qilinganlar boşqa taʼlim yönalişi yoki taʼlim şakliga, boşqa OTMga köçira olmaydi.
👉 @xushnudbek 👈

