Özbek tilining davlat boşqaruvidagi örni va muammolari
Yuqoridagi fikrlarni davom ettirib: tanganing ikkinçi tomoni
Mavzu öta nozik hamda millatlararo totuvlikka rahna solişi mumkinligini hisobga olib, eng avvalo mazkur vaziyatda turli qutqularga uçmaslik, xotirjam böliş eng töğri yöl, menimça. Masalan, uşbu çiqiş ortidan rus millatiga nisbatan hurmatsizlik qiliş ham aqlli insonning işi emas. Umuman bu mavzu millatçilik uruşiga aylanib ketmasligi kerak.
Ammo buning ortidan öz muammolarimizni muhokama qilib olsak yomon bölmasdi. Yaʼni rus tilining örni haqida emas, özbek tilining örinsizligi haqida demoqçiman.
Bir jihatga eʼtibor bering. Agar istalgan boşqa tilga rasmiy maqom berilişini söraşganda, bizning reaksiyamiz qanday bölardi? Biror kişi buni jiddiy qabul qilmasdi, şundaymi? Bunga javoban internet hazillarga tölib ketardi, memlar yasalardi, jiddiy bayonotlar berilmasdi.
Lekin nega rus tili haqida gap ketsa, bunçalar hadik bilan qabul qilyapmiz? Nega rahbarlardan tortib jamoat arboblarigaça keskin çiqişlar bilan javob berişmoqda?
Birinçidan, salkam 1 asrlik mustamlakaçi mamlakatning tili bölgani uçun ham rus tiliga rasmiy maqom beriş masalasini mustaqilligimizga qaratilgan xavf sifatida qabul qilyapmiz. Hali SSSRning barça unsurlaridan töla xolos böla olmagan, qaramlik tuzumini qumsovçi avlodning soni köp, obrösi baland bölgan bir şaroitda bu rostdan ham xavotirli.
Ikkinçidan, tan olişimiz kerakki, köp sohalarda rus tilining mavqei özbek tilidan balandroq. Buni inkor qiliş insofdan emas. Aynan şuning uçun ham rus tili haqidagi çiqişlar haqiqatga yaqinroq körinib, xavotirga tuşişni boşladik.
Ayniqsa, öz sohamdan kelib çiqib aytamanki, qonunçilik sohasida rus tili total hukmronlikka ega. Bu haqda avval bir neça bor yozgandim (1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8)
Ana, regulation.gov.uz portaliga kiring, eng muhim hujjatlar muhokamalarga rusça matnda eʼlon qilinadi, faqat ijtimoiy tarmoqlardagi noroziliklardan keyingina ayrimlarini noiloj tarjima qilib joylaştirişmoqda.
Yuristlar orasida yozilmagan qoida bor, agar biror qonundagi bandni tuşuniş qiyin bölsa, «rusça matnida nima deyilgan?» deb söraşadi. Çunki hamma biladiki, qonun hujjatlarining rusça varianti original, özbekçasi esa şunçaki tarjima böladi.
Lex.uzda esa «hujjat matni rus tilida berilgan» yoki «ilovalar rus tilidagi matnda berilgan» degan jumlalarga juda va juda köp duç kelamiz.
Eng yuqori taşkilotlar örtasidagi yozişmalarda ham rus tili hukmron. Ayrim davlat taşkilotlarining saytlarini aylanib çiqsangiz ham rus tili mutloq ustunlikka egaligini körasiz.
Buni şunçaki avlodlar bilan boğlaşga könikib qolganmiz, toki mustaqillik avlodi yuqori doiralarga çiqqanda öz-özidan bu narsalarga çek qöyiladi va töliq özbek tiliga ötiladi, deb özimizni işontirib kelamiz. Çunki haqiqatdan özbek tilidan boşqa tilni deyarli bilmaydigan avlod şakllanib kelyapti.
Lekin avlodlar almaşinuvini kutişimiz şartmi? Nega şuni bugundan boşlay olmaymiz? Qimmatli vaqtni yöqotayotganligimizdan ayrim guruhlar öz manfaatlari yölida foydalanib qolişi mumkinligini balki endi tuşunib yetarmiz?
Til davlatning tölaqonli mustaqilligi belgilaridan biri ekanligini yaxşi bilamizku axir.
Rus tili böyiça çiqiş qilgan ziyolilar aslida bizga közgu tutişdi. Öz aksimizni körib, özimiz uyalib ketdik, çamamda.
Bas şunday ekan, har sohada özbek tilining mavqeini oşiriş böyiça qilinayotgan işlarni jadallaştiriş kerak. Ammo bu zinhor erkin sözlaşuvda qaysidir tilga çeklov yoki taqiqlar qöyiş orqali amalga oşmasligi kerak. Har kim özi istagan tilda bemalol muloqot qila olişi lozim.
P.S.: işni eng avvalo lotin yozuviga töliq ötib, arosatda yurgan tilimizni qutqarişdan boşlaş kerak. Buning uçun esa qonun doirasida tezroq lotin yozuvini isloh qilişga ehtiyojimiz bor. Özbek tili va adabiyoti universitetidagi işçi guruh allaqaçon bu böyiça takliflarini parlamentga yuborganidan xabardormiz. Ammo hozirgi deputatlardan biror umid körmayapman, balki yangi saylanadigan deputatlar tarkibi öz işini eng birinçi şundan boşlasa ne ajab.
👉 @xushnudbek 👈
