Adliya vazirligi hujjatlarni özbek tilida eʼlon qilişni söradi

Matn4-dekabr, 2018, 11:452 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​Adliya vazirligi barça taşkilotlarga hujjat loyihalarini özbek tilida muhokamaga qöyişni sörab xat yubordi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini işlab çiqiş va tasdiqlaşda özbek tilining örni (aniqroği örni yöqligi) haqida keng jamoatçilikda köp eʼtiroz va şikoyatlarga duç kelamiz. Eng muhim qonunlardan tortib, idoralarning qaror va buyruqlarigaça odatda rus tilida işlab çiqilişi, rus tilida muhokamaga qöyilişi va hattoki FAQAT rus tilida qabul qilinişi (qonunlar bundan mustasno) öz-özidan köpçilikka yoqmasligi tabiiy.

Ayniqsa, yaqinda eʼlon qilingan yangi tahrirdagi Soliq kodeksi loyihasini rus tilida jamoatçilik muhokamasiga qöyilgani uşbu mavzuni yana qayta jonlantirdi. Loyihaga qoldirilgan izohlarning aksariyat qismi soliq qonunçiligi haqida emas, nima uçun bu loyihani rus tilida eʼlon qilişgani haqida böldi. Ayrimlar bu haqli eʼtirozi uçun «rus tilini bilmasang, özbekmassan» degan haqorat ham eşitdi.

Şunday muhokamalar paytida 22-noyabr kuni Adliya vazirligi barça vazirlik, idora va taşkilotlarga (jami 120 ta) xat çiqarib (rasmi pastda👇), yurtimizda «Davlat tili haqida»gi qonun borligini yana bir bor eslatib (ayrim taşkilotlar bunday qonun borligini eşitib, hayron bölgandir), bundan keyin muhokama qöyilayotgan loyihalarni albatta davlat tilida (yaʼni özbek tilida), zaruriyat tuğilganda esa boşqa tillarda (bu yerda rus tili nazarda tutilmoqda, ingliz tili emas har holda) portalga joylaştirişni söragan.

Katta ehtimol bilan bir neça kun ötib, yangi tahrirdagi Soliq kodeksi loyihasining özbek tilidagi varianti paydo bölişiga ham jamoatçilik nazorati, xalqning keskin eʼtirozlari qatorida mana şu xat ham asos bölgan bölsa, ne ajab.

Xöp, xat çiqdi, endi nima böladi? Katta ehtimol bilan bunday xatlar avval ham çiqqaniga işonaman. Lekin Adliya vazirligi undan ortiğiga vakolatli emas, na jazoga torta oladi, na talab qöya oladi. Aytmoqçimanki, toki barça vazirlar, hokimlar va boşqa vakolatli mansabdor şaxslar davlat tilini hurmat qilişni boşlamas ekan, bunday xatlar bilan ahvol yaxşilanib qolmaydi.

P.S.: Loyihalar mayliku-ya, lekin Lex.uz da «Hujjat (farmon, qaror, farmoyiş, buyruq) matni rus tilida berilgan» yoxud «Rus tilidagi matniga qarang» degan jumlalarni körsam, jiğibiyronim çiqadi. Şarmandalikda xullas. Hammaga insof bersin.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Luka Modriç Oltin töp sohibi böldi

    01 daqiqa

Yana oʻqing