Özbek tilini behurmat qilayotgan davlat taşkilotlari

Matn13-iyun, 2019, 10:552 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Özbek tilini behurmat qilayotganlar

Ötgan oy rus tiliga rasmiy maqom beriş haqidagi taklifni körib, köpçilik jazavaga tuşdi, aksariyat özbeklarning dili oğridi, rost. Ammo bu taklif bugungi ahvolimizga tutilgan közgu edi, aslida.

Senat raisi Niğmatilla Yöldoşev bejizga yalpi majlisda «Tilimiz abgor holatga tuşib qolganiga özimiz aybdormiz» demagandi.

“Özimiz” deganda eng avvalo davlat taşkilotlarini tuşunişimiz kerak. Çunki aynan ular davlat tilini köp örinlarda pisand qilmasdan, behurmatlik qilişadi.

Birgina misol, jamoatçilik muhokamasiga qöyilayotgan qonun hujjatlari loyihalarining aksariyati rus tilida böladi. Töğri, vaziyat sönggi paytlarda biroz yaxşilandi, özbek tilidagi matnlar köpaydi.

Ayrim hollarda esa ijtimoiy tarmoqlarda tanqid qilib çiqqandan keyingina, özbekça variantini joylaştirişmoqda. Masalan, Soliq kodeksi bunga misol.

Yoki kuni-keça «Reklama töğrisida»gi qonunning yangi tahriri rus tilida muhokamaga qöyilgani tanqid qilingandi, tezgina uning özbekça varianti ham paydo böldi.

Ammo haligaça holat qoniqarli ahvolda emas. Keling, aniq misollarga ötamiz.

Oxirgi 1 oy içida 6 ta Qonun loyihasi faqat rus tilida muhokamaga qöyilgan. Uşbu taşkilotlar qonun loyihasining özbek tilidagi variantini taqdim etmaganini davlat tiliga nisbatan hurmatsizlik deb baholaş mumkinmi? Özbekistonda davlat tili rus tili emasku, har holda.

Faqat rus tilida eʼlon qilingan qonun loyihalari röyxati bilan tanişing:

Muhokamasi davom etayotgan hujjatlar:

Loyiha nomi: O mitingax, sobraniyax i demonstratsiyax grajdan
Muallif: Içki işlar vazirligi
Havola

Loyiha nomi: O vnesenii izmeneniy i dopolneniy v nekotoriye zakonodatelniye akti Respubliki Uzbekistan
Muallif: Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Havola

Loyiha nomi: O vnesenii izmeneniy i dopolneniy v nekotoriye zakonodatelniye akti Respubliki Uzbekistan
Muallif: Savdo-sanoat palatasi
Havola

Muhokamasi yakunlangan loyihalar:

Loyiha nomi: O zanyatosti naseleniya (novaya redaksiya)
Muallif: Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
Havola

Loyiha nomi: O grajdanstve Respubliki Uzbekistan (novaya redaksiya)
Muallif: Içki işlar vazirligi
Havola

Loyiha nomi: O garantiyax zakonnosti predprinimatelskoy deyatelnosti
Muallif: Prezident huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça vakil
Havola

Bu faqat qonun loyihalari xolos. Prezident hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari haqida-ku gapirmay qöya qolay. Ularda ahvol bundan ham yomonroq.

Masalan, bugungi kunda muhokamasi davom etayotgan 15 ta Prezident qarori loyihasining 8 tasi rus tilida joylaştirilgan.

Yuqorida nomlari zikr etilgan taşkilotlariga savol: Siz uçun özbek tilining hurmati bormi, yöqmi? «Davlat tili töğrisida»gi Qonunni tan olasizlarmi?

Özbek tilining rivoji haqida soatlab nutq sözlaş, ijtimoiy tarmoqlarda betinim muhokama qiliş bilan bir qatorda amaliy işlarga ötiş payti keldi, menimça.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek